Ўқув машғулотида таълим технологияси модели



Yüklə 37,99 Mb.
səhifə49/83
tarix02.10.2023
ölçüsü37,99 Mb.
#151598
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
OSHPAZLIK TAOMLARINI TAYYORLASH Amaiyot

Kasb kodi va nomi - 3.81.03.02 Oshpaz qandolatchi
O’quv amaliyoti nomi- Oshpazlik taomlarini tayyorlash.
Maqsad- Go’shtli kotlet tayyorlash ko’nikmalarini shakllantrish.



Bajariladigan ishlar mazmuni

Moslamalar asbob anjom va xom ashyolar

Eskizlar chizmalar
va rasmlar

Bajariladigan ishlar tartibi

1

1.Mahsulotlar sifati va sonini tekshirish. 2.Asbobuskunalarni yaroqliligini tekshirish.

Pichoq, taxtakach, maxsus
tozaligich, tog‘aracha
tog‘ara, oqar suv. Gaz plitasi








1.Asbobuskunalarni yaroqligini tekshirish.
2 Go’shtni sifatini tekshirish.

2

1.Xom-ashyoni tayyorlash.

Lahm go’st , piyoz,ziravor o’simlik yog’,tuz,




Lahm go’sht bo’laklarga bo’linib muzlatishga qo’yiladi.

3

Qiymani tayyorlash.

Pichoq, taxtakach,
Go’sht qiymalagich



Sof go’sht muzlatgichdan olinib go’sht qiymalagichdan chiqariladi..



4

Kerakli retseptura

Go’sht
Tuz, murch piyoz ziravor

Yarim tayyor maxsulot yana go’sht qiymalagichdan chiqarilib piyoz,tuz ziravorlar aralashtiriladi.

5


Taomni pishirish.

Pichoq
Taxtakach
Likobcha
tova gaz plitasi





Tayyor qiyma qo’l yordamida dumaloq kotletlar yasaladi va tovaga o’simlik yog’idan solib qovurib pishiriladi.

6

Taomni bezash va dasturxonga tortish.

Piyoz,ko’kat, pomidor
bodring







Dasturxonga tortishda kotlet yoniga go’sht sardagi,eritilgan sariyog’ yoki sabzavotli salatlar bilan beriladi.

Mavzu: Go’shtli katlet tayyorlash
Reja:
1.Qiyma va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash
2.Kotlet qiymasi va undan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash

Qiyma tayyorlash uchun bo`yin qismi, shalxay go`sht, qorin go`shtdan, shuningdek go`shtni buzish va suyakdan ajratishda chiqqan qiyqimlardan foydalaniladi. II toifadagi go`shtdan foydalaniladigan bo`lsa , u holda shira berish va ta'mini yaxshilash uchun unga xom cho`chqa yog`i qo`shiladi. Tozalangan go`sht to`g`ralib, yog` qo`shiladi, qo`sh to`rli go`sht qiymalagichdan bir marta, bir to`rli qiymalagichdan ikki marta o`tkaziladi, suv yoki sut, tuz, murch qo`shiladi va hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Yog`li go`shtdan qiyma tayyorlashda cho`chqa yog`i qo`shilmaydi, go`sht me'yori esa oshiriladi. 1 kg qiyma uchun 800 g go`sht, 120 g cho`chqa yog`i, 70 g suv yoki sut olinadi.


Qiymadan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar qilinadi.
Qiyma bifshteks - cho`chqa yog` mayda to`g`raladi, qiymaga qo`shiladi, porsiyalanadi va mahsulotga 2 sm qalinlikdagi yapasqi dumaloq shakl beriladi. Bir porsiyaga bittadan ishlatiladi.
Tabiiy (bulanmagan)qiyma kotletlar -qiyma qo`y go`shtidan tayyorlanib, porsiyalanadi, mahsulotga oval shakli beriladi, orasiga suyak tiqiladi, tuxum atalasida hoilanadi va qoq non talqoniga bulanadi.
Poltavacha kotletlar -qiymamolgo`shtidantayyorlanib,unga maydalab to`g`ralgan yog`, to`g`ralgan sarimsoqpiyoz qo`shiladi va hammasi aralashtiriladi. Keyin porsiyalanib, qoq non talqoniga bulanadi, bir porsiyaga 2 tadan ishlatiladi.
Tabiiy qiyma shnitsel- qiyma cho`chqa, qo`y yoki mol go`shtidan tayyorlanadi, porsiyalanadi. 1 sm qalinlikdagi oval shakli beriladi, tuxum atalasida ho`llanadi va qoq non talqoniga bulanadi.
F r i k a d e 1 k a 1 a r - go`sht to`g`ralib, go`sht qiymalagichdan o`tkaziladi, unga mayda to`g`ralgan xom no`shpiyoz, xom tuxum, yanchilgan, murch, tuz, suv qo`shiladi va bari yaxshilab aralashtiriladi, keyin 7-10 g li zoldirlar ko`rinishidagi porsiyalarga bo`linadi.
Qiyma kabob qiymalangan qo`y go`shtidan tayyorlanadi. Kotlet go`shti to`g`raladi, unga to`g`ralgan xom no`shpiyoz, dumba yog`i qo`shilib, go`sht qiymalagichdan 2-3 marta o`tkaziladi, tuz, yanchilgan murch solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Limon kislotasi qo`shish ham mumkin. Keyin marinadlash uchun 2-3 soat sovitkichda saqlanadi. Shundan so`ng porsiyalanadi, mayda xasipchalar shakli beriladi, sixlanadi va bir porsiyaga 2-3 tadan ishlatiladi.



Yüklə 37,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin