Xamirda qovurilgan olmalar. Suyuq xamir tayyorlash uchun tuxumning oqi sarig'idan ajratiladi. Sutga tuz, shakar, smetana, tuxum sarig'i qo'shiladi, keyin elangan un solinib, xamir qoriladi. Tuxum oqlari yaxshilab ko'pirtiriladi-da, xamirga qo'shiladi va ehtiyotlik bilan aralashtiriladi. Taj^or bo'lgan xamir muzlatkichda saqlanadi.
Olmalar yuvilib, o'zagi va urug'lari olib tashlanadi, po'stidan tozalanadi hamda 0,5 sm qalinlikdaparrak qilib kesiladi-da, oksidlanmaydigan idishga solinadi, ustiga shakar sepiladi. Qovurgunga qadar sovitkichda saqlab turiladi.
Mo 1 yog'160 °C gacha qizdiriladi. Har bir olma bo'lagi igna yoki sanchqiga sanchilib, suyuq xamirda ho'llanadi va tezlik bilan qizib turgan yog'ga botiriladi. Olmalar sirtida sap-sariq qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi (3-5 min), chovli bilan olinib, yog'i silqitiladi. Suzib berishda, qovurilgan olmalar tagiga qog'oz salfetka qo'yilgan taqsimcha yoki boshqa idishga solinib, ustiga tozalangan qand kukuni sepiladi. Alohida idishda shirin o'rik qaylasi suzib berish mumkin.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): olma - 100, shakar - 3, bug'doy uni - 20, yarimta tuxum, sut - 20, smetana - 5, shakar - 3, tuz - 0,2, qizdirilgan yog'- 10, tozalangan qand kukuni - 10. Tayyor mahsulot chiqishi - 140.
Olmali sharlotka. Ushbu ovqatni tayyorlash quyidagi ishlami o'z ichiga oladi: qiyma tayyorlash; non tayyorlash; qoliplash; toblab pishirish.
Olmalar yuviladi, o'zagi urug'lari bilan birga olib tashlanadi, po'stidan tozalanib, yaproqcha qilib to'g'raladi, shakar qo'shiladi va sovitkichga qo'yiladi.
Suvi qochgan non jildidan tozalanib, 0,5 sm qalinlikdagi to'rtbur- chaklarga kesib bo'linadi. Nonning yarmisi kubik qilib to'g'raladi va quritilib, olma qiymasiga qo'shiladi, qiymaga dolchin ham qo'shiladi. Sut, tuxumlar va shakardan shirin atala tayyorlanadi. Shu atalada to'rtburchak non bo'laklarining bir tomoni ho'llanib, tayyorlab qo'yilgan, yog'langan tunuka tovalar, qolip yoki qolipchalarga ho'llangan tomoni pastga va idish devoriga qaratib qo'yiladi (to'lguncha). Nonning ustiga qiyma solinib, uning ustiga xuddi shunday non bo'laklari qo'yib bekitiladi, lekin endi ular ho'llangan tarafmi yuqoriga qaratib qo'yiladi. Nonning sirti qolgan atala bilan ho'llanadi va qovurish javoniga joylanib, qizil qobiq yuzaga kelguncha 180-200 °C haroratda toblab pishiriladi. Tayyor bo'lgan sharlotka javondan olinib, 10 min sovitiladi va qolipdan ehtiyotlik bilan chiqarilib, porsiyali idishga bir porsiyaga 1 tadan yoki bir porsiyali bo'lakdan qo'yiladi va shirin vaju bilan suzib beriladi.
Bananli desert (uchinchi ovqat). Bananlar tozalanib, uzunchoq qalin yaproqchalarga kesib bo'linadi va sariyog' surtilgan tunuka tovaga solinadi, apelsin sharbati, qirg'ichdan o'tkazilgan limon po'stlog'i, shakar, rom yoki likyor, yanchilgan dolchin yoxud muskat yong'og'idan iborat aralashma quyiladi. Bananlar qovurish javSnida 180-190 °C haroratda, sap-sariq qobiq hosil bo'lguncha uzog'i bilan 10 min toblab pishiriladi. Bananlar qaymoq yoki yogurt bilan suzib beriladi.