Qoq nondan puding tayyorlash. Urug'siz mayiz tozalanadi va joiviladi. Tuxum oqi sarig'idan ajratiladi. Ajratib olingan tuxumlar oqi yaxshilab ko'pirtiriladi. Vanilli qoq nonlar maydabo'lakchalargabo'linib, shishishi uchun tuxum-sut aralashmasiga solinadi, mayiz va ko'pirtirilgan tuxumlar oqi qo'shiladi-da, hammasi aralashtiriladi hamda sariyog' surtilgan va shakar sepilgan qoliplarga solinadi, qoliplar balandligining yarmigacha suv solinib, qaynatilgan idishga qo'yiladi, idishning qopqog'i yopiladi va 25-30 min qaynatiladi. Tayyor bo'lgan puding bir oz sovitilib, qoliplardan chiqarib olinadi-da, taqsimchalarga solinadi va o'rik qaylasi bilan suzib beriladi. Agar puding katta qolipda tayyorlangan bo'lsa, u holda porsiyali bo'laklarga kesib bo`linadi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): vanilli qoq non - 40, sut - 80, yarimta tuxum, shakar - 15, mayiz - 15,3, sariyog` - 5, qayla - 30. Tayyor mahsulot chiqishi - 170.
Konservalangan mevali puding (guryev bo'tqasi). Enli yassi idishga sut quyilib, 240-260 °C haroratli qovurish javoniga qo'yiladi. Sut betida hosil bo'lgan qizil qaymoq ajratib olinadi. Bir necha marta ajratib olingan qaymoq tayyor bo'lgan taomni suzib bergunga qadar saqlab turiladi.
Sut bilan SUV aralashmasida qovushoq (yopishqoq) bug'doy bo'tqasi pishirilib, unga shakar va sariyog' qo'shiladi. Bo'tqa 50-60 °C gacha sovitiladi. Tuxum oqi sarig'idan ajratilib, ko'pirtiriladi. Agar pudingga yong'oq qo'shiladigan bo'lsa, ular tozalanadi va maydalanadi. Sovigan bo'tqaga tuxumlar sarig'i, vanilin, maydalangan yong'oq qo'shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan bo'tqa sariyog' surtilgan porsiyali tovalarga bir necha qavat qilib solinib, qavatlar orasiga sutdan ajratib olingan qaymoq solinadi. Bo'tqaning ustini tekislab, shakar sepiladi va karamellangan shakardan naqsh hosil bo'lishi uchun qizdirilgan oshpazlar ignasi bilan bir necha marta kuydiriladi. Shundan so'ng puding qovurish javonida 5-7 min toblab pishiriladi, keyin shu porsiyali tovaning o'zida, ustini konservalangan mevalar, yong'oqlar bilan bezab suzib beriladi. Alohida qayladonda issiq o'rik qaylasi suzib beriladi.
Guryev bo'tqasini yangi mevalar bilan ham tayyorlasa bo'ladi. Buning uchun mevalar pallachalarga kesib bo'linadi va quyuq shakar qiyomida pishiriladi.
Konsentratlardan shirin taomlar tayyorlash Konsentratlar yarim tayyor holatdagi mahsulotlar bo'lib, ulardan tayyor mahsulot olishga ancha kam vaqt ketadi, shu sababli umumiy ovqatlanish korxonalarida konsentratlardan foydalanilsa, xodimlaming mehnati ancha yengillashadi. Sanoatda ko'plab shirin taomlar - kisellar, musslar, pudinglar, kremlar, muzqaymoqlar hamda quruq ichimliklarning konsentratlari ishlab chiqariladi.
Quruq kisellar eng keng tarqalgan bo'lib, ular shakarli va shakarsiz ekstraktlar, shakarli essensiyalar holida ishlab chiqariladi. Jele sutli va har xil mevali qilib ishlab chiqariladi. Konsentratlar namligi 6-7 % bo'lgan briketlar va kukun ko'rinishida ishlab chiqariladi; briketlaming og'irligi 33 dan 250 g gacha bo'ladi. Ular quruq xonada 4-6 oy saqlab turiladi.