Uychi tuman 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida hodimlar o’rtasida Yangi tahrirdagi konstitutsiya bo’yicha o’tkazilgan tushintirish ishlari bo’yicha tayyorlangan
AXBOROT
Uychi tuman 30.03.2023 y
Uychi tumanidagi 12-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida 30.03.2023- yilda navbatdagi hodimlar o’rtasida yig’ilish tashkil etildi. Yig’ilishda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi. 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hodimlarini Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun mohiyati bilan tanishtirish ..
2. Yangi tahrirdagi konstitutsiya Maktabgacha ta’lim tashkilotiga oid qismlari bilan hodimlarni tanishtirish va ma’lumot berish.
Yuqoridagi birinchi masala yuzasidan Maktabgacha ta’lim tashkilot direktori U.Turg`unova so’z oldi. U o’z so’zida Yurtimizda o’tkazilgan 2023- yil 30- apreldagi referendumda yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqorolarning 90,21% tomonidan yoqlab ovoz bearish orqali qabul qilinganligi unda xalqimizning Yangi O’zbekiston barpo etish bo’yicha orzu –umidlari va intilishlari o’z aksini topganligidan dalolat bermoqda.Yangi taxrirdagi Konistitutsiya Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy –huquqiy asoslarini yaratib , milliy davlatchilik tarqaqqiyotining tarixiy muhim bosqichda davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 1- maydan kuchga kirdi. U 6 bo’lim 27 bob va 155 ta moddadan iborat ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Kunning ikkinchi masalasi yuzasidan MTT direktori U.Turg`unova so’z oldi u o’z so’zida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ijtimoiy sohalarga alohida e’tibor qaratilganligi va fuqorolar mehnat qilishi va ta’lim olishi uchun sharotlar yaratilishi haqida alohida to’xtalib o’tilganligi haqida aytib o’tdi. Xususan konstitutsiyaning 42-moddasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash xavfsizlik va gigena talablariga javob beradigan sharotlarda ishlashi to’g’risida alohida to’xtalib o’tilganligi 44- moddasida esa Bolalar mehntining bolaning sog’lig’iga ,xavfsizligiga ,axloqiga aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi shu jumladan uning ta’lim olishiga to’sqinlik qiluvchi har qanday shakllari ta’qiqlanishi aytib o’tilgan.50-moddasida har kim bilim olish huquqiga egaligi Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish shart –sharotlar yaratadi . Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat nazoratidadir. Yig’ilish yakunida yig’ilgan hodimlarga yangi tahrirdagi konstititsiya bilan mukammal tanishib chiqish va amaliyotga tadbiq etish vazifasi berildi
12-sonli Maktabgacha ta’lim
Tashkiloti direktori: U.Turg`unova