Uyushgan gapning badiiy matnda qoʻllanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq boʻlaklarning semantik-stilistik xususiyatlari


II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BOʻLAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2022
ölçüsü73,27 Kb.
#77649
1   2   3   4   5   6   7
Uyushgan

II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BOʻLAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
2.1. Undalmali gaplar
Gapda ba`zan, gapning boʻlagi vazifasidagi soʻzlardan tashqari, shunday soʻz yoki soʻz guruhi ham boʻladiki, ular shu gapda mazmun jihatdan bogʻlansa ham, grammatik jihatidan bogʻlanmaydi. Bularga undalmalar kiradi.
Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan soʻzlar bilan ifodalanadi.
Ot bilan : Joniqul aka, - dedi birdan Sulton jilmayib.
Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar, biz ham boraylik.
Son bilan: Uchinchilar, oldinga oʻtinglar.
Olmosh bilan: Sen ham qani, bu yoqqa kelchi?
Sifatdosh bilan: Oʻqiganlar, sizlarga rahmat.
Undov soʻzlar bilan:- Hoy, siz ovoz bermasangiz ham, doktor boʻlardim. Bilasiz-ku!
Soʻz birikmalari turgʻun iboralar bilan: Xayr, koʻzim qorasi. Hoy qiz tushmagur, nima qilyapsan?
Undalmalar koʻpincha shaxsning ismi, familiyasi, unvoni, taxallusi, laqabi, kasbi yoki qarindoshlik munosabatlarini bildiruvchi bosh kelishik formasidagi soʻzlar bilan ifodalanadi: Karim Sobirovich, xonamga kiring. Ol, jiyan, yoʻl yurib kelgansan. Ey Navoiy, umr oʻtar yeldek, oʻzingni shod tut.
Emotsional nutqda undalmalar jonli va jonsiz predmetlarga, mavhum tushunchalarga qaratilgan boʻlishi mumkin. Masalan: Iltijo qilurman senga, tabiat meni pok niyatdan ayirma aslo. Ey quyosh, koʻrsat yuzing.
Sifatdoshning -gur, -kur shaklli otlashgan turi ham undalmani hosil qiladi: Niyatingga yetkur, quloq sol!
Undalmalar ayrim oʻrinlarda shaxs, predmetning tashqi biror belgisini ifodalaydi: choʻloq, koʻr, kar va shunga oʻxshash soʻzlar undalmalarni tashkil qiladi. Ba`zan Hoy, shapkali! Ey, mashina! tipidagi undalmalar ham ogʻzaki nutqda uchraydi.
Undalmalar tarkibiga koʻra 3 ga boʻlinadi:
1.Yigʻiq undalmalar.
2.Yoyiq undalmalar .
3.Murakkab undalmalar.
Yigʻiq undalmalar yolgʻiz bir soʻzdangina tarkib topadi. Masalan: Ena, choy ichasizmi? (Qushlar qishlovdan qaytdi).
Yoyiq undalmalar oʻziga oid soʻzlar bilan kengayib keladi. Yoyiq undalmalar sifat, sifatdosh, ot bilan ifodalanadi: - Hurmatli oʻrtoqlar! – deb palagʻda, xuddi keksalarga xos vazmin-shangʻi ovozda boshladi. (Qushlar qishlovdan qaytdi).
Murakkab undalmalar - yolgʻiz undov soʻz bilan yoki undov soʻzlar bilan barobar, aniqlovchi, izohlovchilar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda kuchli his – tuygʻu ifodalanadi. Shukur Xolmirzayev asarlarida bu tuzilish kuzatilmadi.
Undalma, soʻzlovchi nutqi qaratilgan shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga koʻra, kuchli stilistik vosita hisoblanadi. “Undalma boʻlak tinglovchining diqqatini gapshakl bilan anglatilayotgan fikrga jalb qilish uchun xizmat qiladi”6, soʻzlovchining tinglovchiga qoʻshimcha munosabati mavjud boʻladi, shuningdek, undash bilan bir oʻrinda, ekspressivlik ham ifodalanadi. Oʻzbek tilshunosligida A.Sayfullayev tomonidan undalmaning lisoniy tarkib va tavsifi maxsus oʻrganilgan7. Undalmaning grammatik tuzilishi uning stilistik xarakterini ham belgilaydi, gap bilan mazmunan aloqador boʻlgani bois uning grammatik tuzilishida oʻziga xos tomonlar mavjud, bu shakllar quyidagilar
- undalmalarning gap boʻlaklari kabi takrorlanishi;
-undalmalarning gap boʻlaklari kabi ajratilgan tartibda qoʻllanishi;
-undalmalarning uyushib kelishi.
Undalma boʻlak tinglovchining diqqatini gapshakl bilan anglatilayotgan fikrga jalb qilish uchun xizmat qiladi, bosh kelishikdagi sintaktik birlik bilan ifodalanadi, undash ohangi bilan aytiladi: - Xolajon, yirtqich qushlar oʻzlarining atrofidagi tovuq joʻjalariga teginmaydi, - dedi Yoʻldosh.
Gap boʻlaklari bilan grammatik jihatdan bogʻlanmagan undalmalarning turli koʻrinishlari bor. Misollarni chogʻishtiring: He, kambagʻalchilik qursin, azizim. Toʻraqullar qishloqda eng faqir oillardan edi. Kambagʻalchilik odamni ehtiyotkor qilib qoʻyar ekan-da. . Ushbu misollardagi azizim soʻzi grammatik jihatidan gap boʻlaklari bilan bogʻlanmagan.
Undalma dialogik nutqda, monologik nutqda, muallif nutqida, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e`lonlarda ishlatiladi.
Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan soʻzlar bilan ifodalanadi: - Assalom alaykoʻm, Rais bobo! – Ha-ha, raisning oʻgʻliniyam “Rais bobo” deyishardi. - eson-omongina yuribsizmi? Bobo yaxshimilar? Enaginangiz?
Undalmalar soʻzlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab, baho xarakteristikasi, ottenkasi (ijobiy, salbiy, ney­tral, koʻtarinki-tantana kabilar)ga ega boʻladi. “...Murojaat birliklari... konnotativ ma’noga egadir”8, bunga ekspressivlikni sintaktik yoʻl bilan ifodalash deb ham qaraladi9. Minnatdorchilik mazmuni: - Rahmat, xola, - dedi u. koʻzi qanotlarini yozganicha bizga tikilib yotgan burgut-da. – U nima? Nima qilasiz uni? Qayerdan ushladingiz? ; salbiy ma’noda: Balo bormi u yerda?.. Toʻraqul, bularga qoʻshilma! ; murojaat ma’nosida: -Mayli. – keyin ijirgʻanib ayvon toʻsiniga bordi. – Gulnazar! –deb chaqirdi kabi.
Undalma oʻzining leksik-grammatik tabiati bilan undashdan tashqari, bu vazifada kelgan shaxs, predmetlarni xarakterlaydi ham. Ularning koʻpchiligi ekspressiv xarakterda boʻlib, qoʻllanishiga koʻra turli xususiyatga egadir. Shunga koʻra, badiiy adabiyotda undalmalarga murojaat birliklari deyiladi. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qoʻllaniladigan, oʻzaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, soʻzlovchining tinglovchiga boʻlgan munosabatini ifodalaydigan, oʻzida turli modal ma’nolarni tashiydigan oʻtkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan boʻladi. Shunga koʻra, doimiylik belgisiga ega boʻlgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (subyektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.10 Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodala­shiga koʻra, ikki katta guruhga ajratish mumkin:


Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin