Uyushgan gapning badiiy matnda qoʻllanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq boʻlaklarning semantik-stilistik xususiyatlari



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə6/7
tarix24.12.2022
ölçüsü73,27 Kb.
#77649
1   2   3   4   5   6   7
Uyushgan

2.2. Kirish boʻlaklar
Kiritma tuzilmalar gap mazmuniga yoki uning ayrim boʻlaklari ma’nosiga oid qoʻshimcha izoh, ma’lumotlar beradi. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik - semantik jihatdan munosabatga kirishadilar.
Kiritma tuzilmalar intonatsion jihatdan mustaqillikka ega boʻladilar. Ular biror soʻroqqa javob boʻlmaydi, sintaktik vazifa bajarmaydi, gap boʻlagi yoki qoʻshma gaplarning kesimi boʻlib kelmaydi.
Kiritma tuzilmalar tushunilishi qiyin yoki tushunilmaydigan soʻzlar (dialektizm, professionalizm, termin, jargonizm, arxaizm, istorizm kabilar) ma’nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini izohlash, soʻzlovchining sub’yektiv - emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbaini koʻrsatish, qoʻshimcha ma’lumotlar berish uchun xizmat qiladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq boʻlsa (togʻning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq boʻladigan kunlardan biri edi. .
Kiritma tuzilmalar tuzilishiga koʻra 3 turga boʻlinadi: kiritma boʻlak, kiritma birikma, kiritma gaplar.
Kiritma boʻlak ayrim soʻz shaklida boʻladi: Boʻz mergan degan ovchi boʻlardi. Yonida bir juft tozi (it) bilan bitta gurju (kuchukvachcha)ni ergashtirib yurardi.
Kiritma birikmalar soʻz birikmasi shaklida boʻladi: Tagʻin shunisi zavqli ediki, u (hamon oyogʻidan bogʻlangan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qoʻyilgan quruq oʻrik shohiga uchib chiqar, osha yerda magʻrur oʻtirib, patlarini choʻqir, sargish, gachak tumshugʻini butoqqa rosa surkab artar edi. .
Kiritma gaplar gap shaklida boʻladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq boʻlsa (togʻning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq boʻladigan kunlardan biri edi. .
Kiritma tuzilmalar gapning barcha tiplari tarkibida kelishi mumkin. Ba’zan bir gap (koʻproq murakkablashgan gaplar) tarkibida bir necha boʻlishi ham mumkin: ...Tolstoy uni tinglashga majbur boʻlib, koʻp xalqlarda inson oltmish yoshga toʻlganidan keyin “tarki dunyo etish odati” mavjudligi (masalan, hindularda oʻshanday odamlarning oʻrmonlarga ketib qolishlari, Oʻrta Osiyoda esa Ahmad Yassaviy degan soʻfiyning 63 yoshdan keyin yer ostiga tushib yashagani...) haqida vazminlik bilan gapirib, nihoyat, barcha paygʻambarlar – Allohning yerdagi rasullari ekani... (Tanholik)
Yoki quyidagi kiritmalarga diqqat qiling: ... Ostin ibodatxonasida tilovat qilish – oʻtgan gunohlar (gunohlarini Lev Nikolayevich aniq eslolmas, biroq har qadamida his qilardi) uchun tavba qilish – ha-ha, ruhoniydan “gunohlarimni soʻrab bering” deb iltimos qilish emas (unday ruhoniylarning tili boshqv-yu, dili boshqa ekanini Lev Nikolayevich yaxshi biladi: bu holni badiiy asarlarida ham, maqolalarida ham baralla aytgan, shu tariqa, albatta, cherkovning gʻazabini qoʻzgʻagan, keyin esa umuman dinga, Isoga munosabatini ochiq bayon qilib, Injilni notoʻgʻri talqin qilayotganlarini isbotlab berganida, cherkovning toqati tugagan edi) .... (Tanholik)
Odatda, soʻzlashuv uslubida kiritmalarga koʻproq ehtiyoj seziladi. Bunday nutqning oldindan oʻylab shakllantirilmasligi, ya’ni fikrni tayyorgarliksiz ifodalash nutqqa kirish gaplar kiritish zaruratini tugʻdiradi. Bu nutq situatsiyasi, nutqning kimga qaratilganligi, uning yoshi, bilimi, kasbi, shevasi kabi holatlar bilan bogʻliq boʻladi. Natijada bu xususiyatlar nasriy asarlarda personajlar nutqiga koʻchiriladi. Personajlar nutqida uchraydigan kirish gaplar personajlarning oʻziga xos tabiati, xarakterini ochish uchun, uning nutqini ifodalashga qaratilgan turli til vositalarini izohlash yoki sharhlash uchun xizmat qiladi: Tagʻin shunisi zavqli ediki, u (hamon oyogʻidan bogʻlangan) katta qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qoʻyilgan quruq oʻrik shohiga uchib chiqar, osha yerda magʻrur oʻtirib, patlarini choʻqir, sargish, gachak tumshugʻini butoqqa rosa surkab artar edi.
Kiritmalar orqali personaj kechinmalari, obrazlar harakatining ichki motivlari, his-hayajonning sabablari, tasvirlanayotgan voqelikka boʻlgan munosabat kabilarni ifodalash, ifoda qilinayotgan fikrni izohlash yoki bu haqda qoʻshimcha ma’lumot berish asar voqealarini aniq aks ettirishga yordam beradi: Tagʻin bir gap: Yoʻldoshboyning aytishicha, osmondan oʻzga burgutlarning titroqli chinqirigʻi eshitilgan chogʻlarda juda bezovta boʻlarkan. Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq boʻlsa (togʻning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq boʻladigan kunlardan biri edi. Yoki Ishonavering, men boʻrttirayotganim yoʻq. Buning ustiga, bu oʻzaro farqqa urgʻu berishdan menga naf yoʻq. Ya`ni, sizga aytmoqchi boʻlganim, voqealarga anchayin daxli bor, xolos. .
Kiritma gapning qoʻshma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi – uning ma’lum gapga nutq momentida tugʻilib qolgan ehtiyojiga koʻra kutilmagan tarzda birdan kiritilishi. Kiritma gapning xususiyati uning yigʻiq (kesimdangina iborat) boʻlmasligi: Tagʻin shunisi zavqli ediki, u (hamon oyogʻidan bogʻlangan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qoʻyilgan quruq oʻrik shohiga uchib chiqar, osha yerda magʻrur oʻtirib, patlarini choʻqir, sargish, gachak tumshugʻini butoqqa rosa surkab artar edi .
Ma’lumki, nutq jarayonida aytilayotgan fikrning tinglovchiga toʻla yetib borishi ucun, gap mazmuniga yoki uning ayrim boʻlaklari ma’nosiga oid qoʻshimcha izoh, ma’lumotlar berish zaruriyati tugʻiladi. Bu zaruriyati nutqda kiritmalarni qoʻllash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Badiiy va soʻzlashuv uslubida kiritmalar koʻproq qoʻllaniladi. Kiritmalarning badiiy uslubida koʻproq qoʻllanilishining sababi – personajlarning kechinmalarini, qahramonlarning xarakterini kengroq yoritib berishga xizmat qiladi.

Xulosa
XX asrning oltmishinchi yilaridan boshlab jadal rivojlangan lingvopoetika masalasi yuzasidan dunyo tilshunosligida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Soʻz san’atkorlarining asarlarida badiiy ifodaga xizmat qiluvchi til hodisalarini indavidual nutq tarkibiy qismi sifatida mahsus tadqiq qilish alohida ahamiyatga ega. Mazkur kichik ishda adib prozasi tilining sintaksisi, aniqrogʻi, murakkablashgan qoʻshma gaplarning lingvopoetik hususiyatlari mahsus tekshirish obyekti hisoblanadi. Ishda koʻtarilayotgan barcha masalalar oʻzbek lingvopoetikasiga va badiiy stilistikasiga qaysidir darajada zarur hisoblanadi, shuning uchun yozuvchi prozasi lingvopoetik nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Umumiy xulosa qilinganda, quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin:
1.Murakkab gap sintaksisida sodda gap tarkibida kelib, ularni murakkab gaplarga aylantiruvchi sintaktik konstruksiyalar – gapning ajratilgan boʻlaklari, gapning uyushiq boʻlaklari, undalmalar, kirish boʻlaklar ekspressiv sintaksis vositalari sanalmasa-da, badiiy mazmunni oshiruvchi ifoda sifatida qayd etiladi.
2.Ajratilgan boʻlaklar oʻziga xos semantik funksiyaga ega boʻlib, bunda ajratish orqali ma’lum boʻlakning ma’nosi ajratib, boʻrttirib koʻrsatiladi, boshqa gap boʻlaklardan ayirilib, diqqat shu boʻlakka jalb etiladi. Bunday logik ajratish intonatsiyada ham oʻz ifodasini topadi; ajratilgan boʻlak boshqa gap boʻlaklaridan farqlanuvchi alohida yarim hukm, yarim predikativlikka ega boʻladi.
3. Bu birliklar har bir uyushuvchi qismga qoʻshilganda soʻzning ma’nosini ta’kidlash, uni ayirib koʻrsatish kabi uslubiy ma’nolar ifodalanadi.
4. Undalmada soʻzlovchining tinglovchiga qoʻshimcha munosabati mavjud boʻladi, shuningdek, undash bilan bir oʻrinda, ekspressivlik ham ifodalanadi. Undalmalar oʻzida turli modal ma’nolarni tashiydigan oʻtkir, ta’sirchan vositadir, bunday birliklarda soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan boʻladi.

Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin