BOZBАRАK
91
GULIQАHQАH PАRI
Guliqahqah pari,
Guliqahqah gul,
Kulging jonga yoqar, qah-qah urib kul.
Sehrli kulgingni eshitganimda
Yurak yonib ketar, yurak bo‘lar kul.
Guliqahqah pari, Guliqahqah gul,
Yurak pitirlaydi qush kabi nuqul.
Dudog‘ingda suv ber,
lablaringda don,
Chirqirar qalb qushi – qafasdagi qul.
Guliqahqah pari, Guliqahqah gul,
Hijron dashti issiq, jazirama cho‘l.
Yurak nola chekar visolingga zor,
Tikanzor ichinda misoli bulbul.
Guliqahqah pari, Guliqahqah gul,
Tun bo‘yi yig‘ladim, yostiqlarim ho‘l.
Sevgi tuyg‘usining, ishq neʼmatining
Nega
rohati kam, azoblari mo‘l?!
Guliqahqah pari, Guliqahqah gul,
Mehringga muhtojman, uzat menga qo‘l.
Ishq yo‘lidan yolg‘iz yurib bo‘lmaydi,
Menga hamroh bo‘lgin, menga yo‘ldosh bo‘l.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rustаm MUSURMON
92
HIJRON KECHАSI
O‘rningni hech qachon bosolmas hech kim,
Mehringga hech nima kela olmas teng.
Sensiz tinchimas hech beqaror ko‘nglim,
Hech qayga sig‘mayman garchi olam keng.
Ko‘zlarim qush kabi uchar qo‘nimsiz,
Ichimdan bir nima uzilgan kabi.
Yuragim g‘uvillab
turar tinimsiz,
Аrilar uyasi buzilgan kabi.
Qirmizi gullar ham tuyular rangsiz,
Xayollarim chalkash, yuliq va uziq.
Taslim bo‘lgandekman taqdirga jangsiz,
Sensiz menga hayot emasdir qiziq.
Hushimni yo‘qotib-hushimga kelib,
Ko‘rmasam, bo‘tadek bo‘zlayman, jonim.
Sargardon
kezaman shamoldek yelib,
Hamma joydan seni izlayman, jonim.
Nahot shuncha cheksiz sabr-u toqating,
Nahotki, shuncha keng bo‘lsa yuraging.
Jondan o‘tib ketdi, axir, furqating,
Sevgilim, qayerdan izlay daraging?
Seni erkalayman, jonim,
har kuni,
Yuragingni sevgim bilan to‘ldirib.
Faqat bir iltimos ayriliq tuni –
Hijron oqshomida qo‘yma o‘ldirib.
www.ziyouz.com kutubxonasi