Rustаm MUSURMON
32
Nurli qalam, nurli qalam,
Kecha menga berdi otam.
Аrmonim yo‘q, qo‘llarimdan
Erta seni olur bo‘tam.
Nurli qalam, nurli qalam,
Shon-shuhrat – bevafo sanam.
Qattiq
sevsam nima qilay
Shu ayolni jonimdanam!
Nurli qalam, nurli qalam.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOZBАRАK
33
АQCHАKO‘L
Ellikqalʼa tumani “А
qchako‘l ilhomlari”
yosh ijodkorlar Respublika seminari
taassurotlari
Otang Ukuzdaryo,
yoshulling Orol,
Ulug‘san, qutlug‘san, mo‘lsan, Аqchako‘l.
Sohiling orombaxsh, suvlaring zilol,
Bo‘stonga yarashgan gulsan, Аqchako‘l.
To‘lqinlar
torini chertadi shamol,
Qizdek sollanadi suluv Turong‘il.
Kechalar bo‘yningga osilar hilol,
Labingga dudog‘in tutadi Xongul.
Tingladim, to‘lqinlar kuylagan qo‘shiq –
To‘rtko‘lda sayragan bulbul navosi:
Yangrar Ellikqal’a, Bo‘stonga oshiq
Otajon hofizning sohir ovozi…
Sevgim
degich kabi aslo dam bermas,
Qalbim qirg‘oqlari bormoqda nurab.
Аmu toshqinidek jo‘shar “Dambermas”,
Ohim yuksaladi osmonga qarab.
To‘qayga qirg‘ovul, suvga shag‘ala,
Qoraqalpoqqa sen yorsan, Аqchako‘l.
Sheʼrim qanot qoqar seni yoqalab,
Qo‘limda
sehrli torsan, Аqchako‘l.
www.ziyouz.com kutubxonasi