Uzatish tizimining standart raqamli oqimlarini tuzilish prinsiplarini o’rganish.



Yüklə 41,6 Kb.
səhifə2/4
tarix26.12.2023
ölçüsü41,6 Kb.
#198052
1   2   3   4
11-Amaliy ishi

3. Amaliy ishga topshiriq

3.1. [1] adabiyotning 274-281 sahifalarini, [2] adabiyotning 95-100 sahifalarini, [5] adabiyotning 186-190 sahifalarini o‘rganish;.


3.2. SDH asosidagi sinxron raqamli iyerarxiya (SDH) ning nuqta-nuqta, xalqa, yacheykali kabi asosiy topologiyalarini o’rganish va loyihalash.


4. Hisobot mazmuni

Hisobotda SDH topologiyasi va maketning tuzilish sxemasi va olingan xarakteristikalar, tahrir qilingan natijalar bo‘lishi shart.




6. Nazorat savollari



  1. SDHning afzalligi nimada?

  2. SDHning qanday xususiyatlarini bilasiz?

  3. SDHni hosil qilishdan maqsad nima?

  4. Sinxron raqamli iyerarxiyaning qanday uzatish tizimlarini bilasiz, ularning bir-biridan faqi nimada?

  5. SDH da raqamli liniya signallari qanday shakllanadi?

  6. Ye1 triblaridan STM-1ga o‘tish jarayonini tushuntiring

  7. STM-1sikli qanday tuzilgan?

  8. STM-1sarlovxasi qanday tuzilgan, unda qanday axborotlarni uzatish mumkin?

  9. STM–Nning shakllanishini tushuntiring.

12.10. SDH tarmoqlarining bazaviy topologiyalari

SDH tarmoqlarini qurish bir necha bosqichlardan iborat bo’lib, loyixalash jarayonida har bir bosqichda texnik talablardan yuzaga kelgan turli funksional masalalar, muammolar yechiladi. Bu masalalarga, tarmoqning tuzilishini tanlash, tanlab olingan tarmoqning tuzilishiga qarab, tarmoq tugunlaridagi qurilmalarini aniqlash, tarmoqni boshqarish va sinxronizatsiya masalalari kiradi. Agar asosiy standart topologiyalar ma’lum bo’lsa, bu masalalarni juda oson echish mumkin. Shuning uchun SDH tarmoqlarida qo’llaniladigan bazaviy topologiyalar va ularning xususiyatlarini qarab chiqamiz.




12.10.1. “Nuqta – nuqta” topologiyasi

Ikkita A va V tugunlarni bog’lovchi tarmoq segmenti yoki “nuqta-nuqta” topologiyasi, SDHning bazaviy topologiyalari ichida eng soddasidir. Bu topologiya terminal multipleksorlar (TM) yordamida optik agregatlarning chiqish va kirish liniyalari va kanallarini zaxirasiz va zaxira asosida qurish imkonini beradi. Agar elektrik yoki optik agregatlarning chiqish yoki kirish kanalari ishdan chiqsa, yuz foizli 1+1 turidagi zaxirani qo’llagan holda bir necha millisekund ichida avtomatik tarzda zaxira kanaliga ulanishi mumkin.


B u topologiya sodda bo’lishidan qat’iy nazar, yuqori tezlikka ega bo’lgan magistral liniyalarda keng miqyosda qo’llaniladi (masalan, raqamli telefon trafikalariga xizmat ko’rsatadigan okeanlararo magistral liniyalarida qo’llanilishi mumkin). Shuningdek bu topologiya yuqori ierarxiyadagi yangi SDH tezliklariga o’tishda, sinov uchun ham qo’llaniladi, (masalan, 622 Mbit/s (STM-4) dan 2.5 Gbit/s (STM-16) ga o’tish uchun yoki 2.5 Gbit/s (STM-16) dan 10 Gbit/s (STM-64) ga o’tishda). Xuddi shu topologiya radial xalqali topologiyaning bir qismi sifatida ham qo’llaniladi va “ketma-ket liniya zanjiri” topologiyasining asosini tashkil etadi, boshqa tomondan zaxirali “nuqta-nuqta” topologiyasini yoyilgan “xalqa” topologiyasi deb qarash mumkin.



Yüklə 41,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin