Uzatish xarakteristikalar, ikki qutbli sxemalar, parallel va ketma ketli rezonans, quvvatni maksimal uzatish va o‘zaro induksiya



Yüklə 224,43 Kb.
səhifə4/5
tarix12.07.2023
ölçüsü224,43 Kb.
#136453
1   2   3   4   5
Abduzoirova Dilfuza 3

Sodda BTG sxemasi

  • BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati o‘zgarganda chiqish toki qiymatini o‘zgarmas saqlashdan iborat bo‘lib, ular turli funksional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladi.
  • O‘zgarmas tok qiymatini faqat cheksiz katta dinamik qarshilikka ega bo‘lgan ideal tok manbai ta’minlashi mumkin. Ideal tokmanbai VAXi gorizontal AV to‘g‘ri chiziqdan iborat (3.6-rasm). UB sxemada ulangan Btning chiqish xarakteristikasi ideal tok generatori VAXiga yaqin bo‘ladi. Demak, UB sxemada ulangan tranzistor amalda tok generatori vazifasini bajarishi mumkin. Lekin temperaturaviy barqarorlikni va keng dinamik diapazonni ta’minlash uchun amalda ikkita yoki undan ko‘p tranzistor ishlatiladi.
  • Eng sodda BTG sxemasi 3.7-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada I1 tok zanjiriga to‘g‘ri siljitilgan diod ulanishli, tayanch tranzistor deb ataluvchi VT1 tranzistor ulangan. U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori va zifasini o‘taydi. URYu boshqariluvchi zanjir bilan ketma-ket ulangan VT2 tranzistorning emitter-baza o‘tishini kuchlanish bilan ta’minlaydi.
  • VT2 tranzistor emitter-baza kuchlanishi bilan boshqarilgani munosabati bilan uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Ma’lumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi (3.7-rasm). Shuning uchun ixtiyoriy RYudan o‘tayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. I2 = I1 ekanligini amalda ko‘rsatamiz.

BTG prinsipial sxemasi

  • Sxemaning chiqishidagi signal (V nuqta) kirishdagi (A nuqta) signalni qaytarishiga ishonch hosil qilish qiyin emas. (3.8) ifoda asosida I0 = const bo‘lgani uchun bo‘ladi. Baza potensialinig o‘zgarishi UBE qiymatini o‘zgartira olmaydi, chunki tranzistor emitteri potensiali amalda shu ondayoq baza potensiali o‘zgarishiga mos keladi. Natijada, =0 va bo‘ladi. BTGning dinamik qarshiligi Ri=∞ bo‘lsagina, yuqoridagi ifoda o‘rinli bo‘ladi. Ri ning qiymati odatda, 100 kOm÷1 MOm, R esa 1÷2 kOm bo‘ladi. Shuning uchun signal uzatish koeffitsiyenti birga yaqin bo‘ladi.
  • Barqaror tok generatori yoki manbai (BTG) katta nominalga ega bo‘lgan rezistorning elektron ekvivalenti hisoblanadi. BTG qarshiligi RYu yuklamaga ketma – ket ulangan maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarshilikdan ancha katta bo‘lishi kerak. Bu vaqtda BTG yuklamadan kattaligi uning qarshiligi va boshqa ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan tok oqib o‘tishini ta’minlaydi. Ma’lumki, qarshiligi birlik Momga teng bo‘lgan rezistorlarni integral sxema ko‘rinishida yasash mumkin emas.

Yüklə 224,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin