Uzbek Scholar Journal Volume- 10, Nov., 2022 www.uzbekscholar.com 517 | P a g e
--- Bu dunyoga kelishdan oldin sen boshqa sayyorada yashagansan. Lekin, hozir sen shu yerdasan. Sen
shu sayyorada dunyoga kelding. Bu olamni muhabbat bilan qabul qil. Shundagina soğlom bõlasan.
--- Haqiqatan ham shunday bõlsa kerak, -- tasdiqladi qiz, -- tushlarimda kõpincha õzimni boshqa
sayyoralarda kõraman. Lekin, bu dunyo adolatsizlikka tõla bõlsa, men uni qanday qabul qilaman?
Uning bu olam juda ham adolatli va uyğun ekanligini tushunib etishi uchun bir qancha seanslar
õtkazishga tuğri keladi. Va u seanslardan keyin õzini juda yaxshi his qila boshlaydi. Yoshlar klubi tashkil
qiladi.
Psixosomatik kasalliklar nimalarga ta'sir etadi?
—Psixosomatik kasalliklar ko'p va xilma-xil bo'lib, ular endokrin, yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat
hazm qilish yoki immunitet tizimlari kabi turli xil tizimlarga ta'sr qilishi mumkin. Bu yuqorida
ta’kidlangandek ruh va tana bog’liqligi. Bunda ruhiy holatlar ta’sirida kasalliklar kelib chiqadi.
Psixosomatik kasalliklarni keltirib chiquvchi sabablar:nafrat, alam, g’azab, hasad, manmanlik, shikoyat,
o’zini-o’zi tanqid qilish va h.k. Buni oshqozon bilan bog’liq kasallikda ko’rib chiqamiz. Bunda qo’rquv,
vahima, bezovtalik, jirkanish va jahl his tuyg’ulari bo’lsa, shu zahoti oshqozonda aks etadi. Qanday
deysizmi? Ko’pincha bu o’z hayotidagi biror yangi narsadan qo’rqish natijasida kelib chiqadi. Cho’zilib
ketgan noaniqlik, o’zini tamom bo’lgan deb his qilish, yangilikni qabul qilishdan qo’rqish, uni hazm qila
va o’zlashtira olmaslik oshqozonda aks etadi. Oshqozoni kasal odamlar turli katta-kichik qo’rquvlar
bilan to’lgan bo’ladi. Qo’rquv siqilishga, siqilish esa og’riq va oshqozon yarasiga olib keladi.
Psixosomatik kasalliklarni davolash--murakkab bõlishi mumkin va uni amalga oshirish uchun kõp
tarmoqli jamoaning ishtiroki zarur, ayniqsa zarur tibbiyot va psixologiya mutaxasisslarining ishtiroki.
Umuman olganda, davolash turi vujudga kelgan yoki kuchaygan patologiya turiga qarab juda katta farq
qiladi. Masalan, oshqozon yarasi dismenoreya yoki angina pektorisidan yoki aritmiyadan farqli o'laroq
davolanadi. Farmakologik va tibbiy darajadagi davolash turlari ham mavjud. Birinchi navbatda
keltirilgan alomatlarni davolashga va u kelib chiqadigan to'qimalarning shikastlanishiga qaratiladi.
Xavotir va kayfiyat ushbu turdagi buzuqlik bilan bog'liqligini hisobga olsak, ushbu jihatlarni
farmakologik darajada davolash ham juda foydali bo'lishi mumkin, garchi bu jihatdan dorilar odatda bu
vaqtinchalik ta'sirga ega va alomatlar qaytishi mumkin. Psixosomatik kasalliklarga uchramaslik uchun
his-tuyg’ularni boshqara olish lozim. His-tuyg’ularni boshqara olmaslik simpatik asab tizimi faoliyatini
tezlashtiradi va bu o’z navbatida qon bosimi oshishi, yurak urishini tezlashishiga va vazospazmga olib
keladi. His-tuyg’ularizni boshqaring va o’zingizni o’zingiz davolang.