Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish maqsadlariga qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qo‘llashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi.
Xususan, ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
Pul-kredit siyosatining asosiy mo‘ljali sifatida monetar operatsiyalar bo‘yicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy bankning foiz instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Kelajakda Markaziy bankning garov asosida kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning turlari optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini saqlab qolinishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida garov ta’minoti turlari va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat ega. Mazkur yo‘nalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |