Узбекистон Республикаси Халк таълими вазирлиги


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə23/58
tarix15.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#98580
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Navoiy davlat P

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar:
Gavda muskul larini joylashgan o`rniga karab ketma- ket yozing.
Labarotoriya ishi № 10
Mavzu: Bo`yinning teri osti, o`rta va chuqur muskul larining tuzilishini aniqlash.
Darsning maqsadi: bo`yin sohasida joylashgan barcha muskul larni tuzilishini vazifasini va joylaaashgan o`rnini aniqlab o`rganish.
Bo`yin muskul lari yuza va chuqur muskul larga bo`linadi. Bundan tashqari til osti suyagiga birikadigan muskul lar- til osti ustki va til osti pastki muskul lar alohida guruhlarga ajratiladi.
Kerakli asboblar: planshet, mulyaj, maket, tablica, plakat, qog`oz, qalam, o`chirg`ich va chizg`ich.
Ishning borishi: Talabalar labarotoriya dars davomida bo`yin qismida joylashgan muskul lar bilan birma-bir tanishishlari uchun avvalo ularda ushbu muskul lar haqida aniq ma’lumot beriladi. Buning uchun plakat, tablica, mulyaj, maket, planshetlarda ko`rsatilgan bo`yin muskul lari orqali tushuntiriladi. Bo`yinning yuza muskul lari jumlasiga bo`yinning teri ostidagi muskul li va to`sh o`mrov- so`rg`ichsimon muskul kiradi.
Bo`yinning teri- osti muskul i-teri ostida joylashgan yupqa muskul plastinkasidir. O`mrovdan pastroqda ko`krak fasciyasida boshlanib, bo`yinning yon va qisman oldingi yuzasini qoplab turadi va yuzning pastki qismi sohasiga birikadi. Og`iz burchagining pastga tortadi va bo`yin terisini yuqori ko`taradi.
To`sh- o`mrov so`rg`ichsimon muskul – bo`yin muskul larning orasidagi eng kuchli va katta muskul . Ikkita oyoqcha bilan o`mrov va to`sh suyagidar boshlanib, chakka suyakning so`rg`ichsimon o`simtasiga birikadi. Bir tomonlama qisqarganida bo`yinni o`sha tomonga engashtiradi va shu bilan bir vaqtda boshni qarama -qarshi tomonga buradi. Ikki tomonlama qisqarganda boshni tik holatda ushlab turadi, maksimal darajada qisqarganida esa boshni orqaga engashtiradi.
Bel ostki ustki muskul lari:

  1. ikki qorinchali muskul ,

  2. begizsimon til ostki muskul ,

  3. jag` til ostki muskul i,

  4. engak til ostki muskul i

mana shu muskul larni hammasi til ostki suyagini, u bilan esa hiqildoqni ham yuqoriga ko`tarib, yutish hamda ifodali nutq aktida ishtirok etadi. Til ostki suyagi qimirlamay turadigan bo`lsa ularning uchtasi(bigizsimon til osti muskul idan boshqasi ) pastki jag`ini tushiradi va chaynashga ishtirok etadi.
Til osti pastki muskul lari ham to`rtta

  1. to`sh til ostki muskul i to`sh suyagidan boshlanib, til ostki suyagiga birikadi va uni pastga tortadi

  2. kurak – til ostki muskul i kurakdan til ostki suyagiga boradi ikkita qorinchasi bor, ular orqali pay bilan bir –biriga birikkan: til ostki suyagini pastga tushiradi

  3. to`sh qalqonsimon muskul to`sh suyagidan qalqonsimon tog`ayning tashg`i yuzasiga boradi: qalqonsimon tog`ayni shu bilan birga,hiqildoq va til ostki suyagini ham pastga tushiradi

  4. karvonsimon muskul lar bo`yin umartqalarining ko`ndalang o`simtalaridan boshlanadi va qovurg`alarga oldingisi bilan o`rtadagisi – bir qovurg`aga, orqadagisi esa ikki qovurg`aga birikadi. Bu erdan tomirlar ham nervlar o`tadi.

So`ng talabalar bo`yin sohasidagi joylashgan muskul lar haqida aniq bilim va ko`nikma hosil qilganlaridan so`ng ushbu muskul larning birma-bir rasmlari oq qog`ozga har bir muskllar o`lchamlari olinadi va chiziladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin