90
o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari
va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar dorivor xom ashyosini tayyorlash
(yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish);
davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanish;
davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqiot maqsadlarida foydalanish;
davlat
o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy,
sog‘lomlashtirish, reaksion va estetik maqsadlarda foydalanish.
O‘rmonlarni tiklash quyidagi talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
daraxt kesilgan joylarda va o‘rmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarda xo‘jalik
jihatidan qimmatli navli daraxtlarni majburiy ravishda qayta ekishni ta’minlash;
o‘rmonlarning nav tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va muhofaza
xususiyatlarini oshirish;
o‘rmonlarning genetik fondi va biologik hilma-xilligini saqlab qolish.
O‘rmonlarni tiklash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat
o‘rmon qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni
takroriy ko‘paytirishni moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar
hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: