2. Binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Bino va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ma’lumotlari binolar va
inshootlar davlat kadastrining asosini tashkil etadi. Binolar va inshootlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida bino yoki
inshoot qurib bitkazilgandan so‘ng yoxud qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
va shartlarda bitishuvlar sodir etilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Binolar va
inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman, shaxar kadastr kitobida, turar joy
binolari va inshootlari tuman reestr daftarida amalga oshiriladi.
Binolar va inshootlar texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish byurolari tomonidan
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda ular tegishli ko‘chmas mulk kadastri
xizmatiga binolar va inshootlar davlat reestrini yuritish uchun zarur bo‘lgan hajmdagi
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ma’lumotlarini beradilar. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda
kadastr yoki reestr daftariga binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa
ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo‘lishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va
to‘xtatilishi) xaqidagi shuningdek ob’ektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi. Mahfiylik rejimiga ega bo‘lgan binolar va
inshootlar maxsus kadastr daftarida ro‘yxatga olinadi. Uni yuritish xususiyatlari va bu
114
ob’ektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish shartlari qonun
xujjatlarida belgilanadi.
Davlat ruyxatidan o‘tkazishda belgilangan tartib-qoidaga binoan, kadastr daftariga
binolar va inshootlarning huquqiy , xo‘jalik va me’moriy-qurilish maqomi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bu ma’lumotlar asosan quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning egalik huquqi yoxud boshqa
ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, bu
huquqlarning paydo bo‘lish asoslari va muddatlari, ularning to‘xtatilishi
muddatlari, egalik huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari,
bu ob’ektlarga uchunchi shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
binolar va inshootlarning huquqiy xolati haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi;
binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, bu
ob’ektlarning maishiy, ishlab chiqarish maqsadlaridaligi, ulardan belgilangan
maqsadlarda foydalanishi, ular joylashgan soliq mintaqasi to‘g‘risidagi va
boshqa ma’lumotlar binolar va inshootlar xo‘jalik maqomini tashkil etadi;
binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaxarlar Bosh planlariga,
aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek me’morchilik
va shaxarsozlik talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy
yashash ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan
vaqti, injenerli-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi
to‘g‘risidagi va boshqa texnik ma’lumotlar binolar va inshootlarning ma’moriy-
qurilish maqomi haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Kadastr ma’lumotlari asl xujjatlar yoki davlat organlari qarorlarinig,
shartomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va
boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta xujjatlarining, ilgari ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan
nusxalari asosida tuziladi.
115
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan xujjatlar va
ma’lumotlarning aslligini va ishonchliligini tekshirish, zarur hollarda esa qo‘shimcha
xujjatlar va ma’lumotlarni, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi asl xujjatlarni taqdim
etishni talab qilish, shuningdek binolar va inshootlarni joyida tekshirish va baholash
huquqiga egadirlar. Xar bir bino va inshoot kadastr, reestr daftariga muayyan kadastr
raqami ostida yozib qo‘yiladi. Ob’ektning kadastr raqami uning ko‘chmas mulk
ob’ektlari va xududlarni kodlashtirishning umum respublika tizimidagi kodidan kelib
chiqib belgilanadi. Ob’ektning kodi ma’lumotlarning kompyuter bazasini
unifikatsiyalash hamda yaratish uchun mo‘ljallangandir.
Bino va inshootga shaxsiy mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar o‘zgargan
taqdirda yoxud tugatilganda va paydo bo‘lganda ob’ektning ro‘yxatdan o‘tkazish kodi
(raqami) o‘zgarmaydi, ob’ektning mulkdorlar yoki foydalanuvchilar o‘rtasida
bo‘linishi, shuningdek u joylashgan yer uchastkasi chegaralarining o‘zgarish hollari
bundan mustasno.
Binolar va inshootlarga egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar paydo
bo‘lganligini, boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun
yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yarmi, jismoniy shaxslardan o‘ndan bir
qismi miqdorida to‘lov undiriladi. Egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar
sub’ektini o‘zgartirmagan holda ob’ektning huquqiy xolati o‘zgargan tarzda ko‘rsatib
o‘tilgan summalarning yarmi undiriladi. Davlat mulki hisoblangan ob’ektlar bo‘yicha
ro‘yxatga olish ishlari va umuman davlat kadastrini yuritish ishlari davlat budjeti
hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud
boshqa ashyoviy huquqlar to‘xtatilganligini yoxud ularni chegaralanganligini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Bino yoki inshootni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan organ
mulkdor yoki u vakolat bergan shaxsga bino, inshootning davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani beradi yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish uchun
taqdim etilgan xujjatga yozib qo‘yadi. Mulkdor yoxud ob’ektga ashyoviy huquqga
116
ega bo‘lgan shaxs, shuningdek ob’ektning huquqiy xolati o‘zgargan taqdirda kadastr
yoki reestr kitobida bino yoki inshootni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hollarida bino yoki
inshootni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlig to‘g‘risidagi yangi guvohnoma beriladi,
bunda eski guvohnoma majburiy tarzda olib qo‘yiladi va bekor qilinadi. Bino yoki
inshootning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlig to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qotilgan
yoki buzilgan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan organ
tomonidan mulkdorga yoki u vakolat bergan boshqa shaxsga bino yoki inshootning
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlig to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikati beriladi.
Dublikatni berishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun undiriladigan summaning
ikkidan biri miqdorida to‘lov undiriladi.
Dostları ilə paylaş: |