10.6. Quritish agenti sifatida nam xavoning ko`rsatkichlari.
Quritish agenti - bu shunday ishchi vositaki, donning suvini buglatishda uz
energiyasini sarf qilib energodinamik ish bajaradi.
Uning 5 % ini yonilgi gazlari (yokishda hosil bo`lgan gazlar) tashkil kilsa, 95
% ini tashki xavo tashkil qiladi.
Atmosfera xavosining tarkibida doim ma`lum miqdordagi suv bugi mavjud
bo`ladi, shuning uchun uni nam xavo deb atash mumkin. Demak quritish agenti
sifatida nam xavoni taxlil qilish mumkin.
1. Xavoning mutlak namligi. 1 m3 nam xavoda ushlangan suv bugining
grammlarda ifodalangan kiymatiga xavoning mutlak namligi deyiladi. Fizik ma`nosi
jixatdan mutlak namlik suv bugining zichligini bildiradi. Fakat farki shundaki,zichlik
kg/m3 birlikda belgilansa, mutlak namlik g/m
3
birlik bilan ulchanadi va kuyidagi
formulada bo`yicha topiladi:
б
Dostları ilə paylaş: |