Узбекистон республикаси олий ва урта


 Donni yuklab junatish va yuborish



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/146
tarix22.02.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#52945
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi

12.2. Donni yuklab junatish va yuborish. 

Don  boshqa  korxonalarga  yuqori  tashkilotlar  -  viloyat,  xukumat  don 

mahsulotlari  boshqarmasining yukxat va buyruklari bo`yicha yuklab junatiladi yoki 

yuboriladi.  YUkxatlarda  donning  muljallanish maqsadi va sifati ko`rsatiladi. 

YUkxatni olish bilan ICHTL boshligi yoki laboratoriya mudiri don partiyasini 

uning tayinlanishini hisobga olgan holda tanlab qabul qiladi. ICHTL boshligi mazkur 

don partiyasi uchun belgilangan konditsiya me`yorlari va texnikaviy shartlariga amal 

qiladi. 


Don partiyasini tanlab olingandan sung ombor mudiri yoki elevator boshligiga 

buyruk rasmiylashtiriladi. 

Donni  transportga  yuklashdan  oldin  laborant  uni  yaxshilab  tekshiradi.  Donni 

tuzuk,  toza,  begona  xidsiz  va  don  zaxirasi  zararkunandalari  bilan  zararlanmagan 

transport vositalarida tashishga ruxsat beriladi. Agar tekshirish paytida laborant sanab 

utilgan  kamchiliklarni  paykab  topsa,  bu  holda  u  transport  tashkiloti  vakili  bilan 

birgalikda  transportning  don  tashishga  yaroksizligi  to`g`risida  dalolatnoma  tuzib, 

unda yaroksizlik sabablarini ko`rsatishi kerak. 

Donni  yuklash  paytida  laborant-ijozatchi  nuktaviy  namunalarni  olib, 

umumlashgan  va  O`RTA  namunalarni  tuzadi  va  ularni  taxlil  kartochkalari  bilan 

ta`minlaydi. 

YUklab  junatish  va  yuborish  paytida  donning  kuyidagi  ko`rsatkichlari:  xidi, 

rangi,  zararganligi,  tipi,  naturasi,  berilgan  ekin  turi  uchun  standartda  belgilangan 

galvir elanmasi, namligi,  fraktsiyalar bo`yicha ifloslantiruvchi va donli  aralashmalar 

miqdorlari,  ayrim  donlar  uchun  kichik  tip  va  sinfi  aniklanadi.  Qushimcha  ravishda 

bugdoy donini yuklashda shaffofligi, kleykovina miqdor va sifati, toshbakasimon-bit 

bilan  zararlanganligi;  yormabop  donlarning  pustlokligi,  yirikligi,  archilgan  donlar, 

buzilgan  magiz  miqdori;  pivobop  arpa  donining  unib  chikish  kobiliyati;  dukkakli 

donlarda  donxur  kapalak  bilan  zararlanganligi  va  zararlanish  darajasi;  sutali 

makkajuxorida  donning  xakikiy  chikimi;  moyli  ekin  donlarida  1000  ta  donning 

massasi  va  pustlokliligi  aniklanadi.  Taxlil  natijalari  taxlil  kartochkasiga  va 

laboratoriya taxlillarini kayd qilish jurnallariga kiritiladi. 

Har kaysi don partiyasi (vagon, barja va boshqalar)ga laboratoriya transportga 

yuklash davrida olingan namunalarning  taxlil natijalari bo`yicha  don sifati xakidagi 

guvoxnomani rasmiylashtiradi. 



 

89 


Bu xujjatdagi barcha sifat ko`rsatkichlari belgilangan aniklik bilan ifodalanadi. 

Bunda  donning  naturasi  1  g  gacha;  tip  bo`yicha  tarkibi,  boshqa  ekin  donlarining 

miqdori,  kleykovina  chikimi,  shaffoflik,  makkajuxorining  dondagi  chikimi,  unib 

chikish  kobiliyati  1  %  gacha;  namlik,  galvirdan  utgan  elanma  miqdori,  ifloslanti-

ruvchi  va  donli  aralashmalar  miqdori,  korakuyali  va  toshbakasimon-bit  bilan 

zararlangan  donlarning  miqdori,  donxur  kapalak  bilan  zararlangan  dukkakli 

donlarning  miqdori,  pivobop  arpa  doni  uchun  tekislanganlik ko`rsatkichi,  yormabop 

donlardagi  toza  magiz  miqdori  0,1  %  gacha;  ifloslantiruvchi  va  donli  aralashmalar-

ning aloxida fraktsiyalari, buzilgan va zararlangan donlarning miqdori 0,01 % gacha; 

metallomagnit aralashmalarning miqdori 0,001 % gacha aniklikda  belgilanadi. 

DDI inspektori donni yuklab junatishda sifatini tekshirib sertifikat deb atalgan 

xujjatni rasmiylashtiradi. Donni junatuvchi korxona laboratoriyasi sertifikatni maxsus 

jurnalda kayd qiladi, ammo miqdor-sifati bo`yicha hisoblarni rasmiylashtirish uchun 

DDI  inspektori  laboratoriyaga  uzi  tasdiklagan  taxlil  kartochkasini  beradi.  Bu 

vaziyatda laboratoriya sifat to`g`risidagi guvoxnomani rasmiylashtirmaydi. 

Don ichkarigi (glubinniy) elevatorlardan asosiy don qabul qilish korxonalariga 

junatilganda don sifatini junatish yoki qabul qilish korxonalari aniklaydi. Bir turli don 

partiyalarining  sifati  O`RTAsutkaviy  namuna  bo`yicha  baxolanadi.  Namunalar  har 

kaysi  aloxida  hisobga    olinadigan  don  qabul  qilish  joyi  va  donni  yuklab  junatuvchi 

har kaysi moddiy javobgar shaxs tomonidan shakllantiriladi. 

Agar  don  mahalliy  ta`minot  uchun  yuborilsa,  bunda  sifat  ko`rsatkichlari 

fakturaga kiritilib, u ICHTL boshligi yoki uning yukligida texnik-laborant tomonidan 

imzolanadi. Agar qabul kiluvchi laboratoriya ko`rsatgan sifat ko`rsatkichlaridan rozi 

bulmasa,  u  holda  ikki  tomon  ishtirokida  takroriy  taxlil  utkazilib,  u  oxirgi  deb 

hisoblanadi va fakturaga kiritiladi. 

Qabul  qilish  korxonalariga  don  avtomobil  transporti  bilan  etkazilsa,  partiya 

sifati tovar-transport yuk xatida ko`rsatiladi. 

Qabul  qilish  korxonalaridan  don  qayta  ishlash  korxonalariga  kuchirilganda, 

agar  ular  bitta  (yoki  turli)  aholi  yashash  punktida  joylashgan  bulishsa,  donni  sifati 

birgalikda  aniklanib,  miqdor-sifati  bo`yicha  hisoblash  kitobida  bir  xil  sifat 

ko`rsatkichlari asosida yozib kuyiladi. 

 


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin