Marketingning tashqiliy to’zilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslaShuvchanlikni modifikatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo’linmalarining o’zaro harakatlari sxemasi turlari. Funktsional, mahsulot, bozor va matritsa strukturalari va ularning modifikatsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning o’ziga va uning mijozlarga xizmat ko’rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taallukli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi.
Motivatsiya - 1) ehiyojlarni qondirish bo’yicha qaror qabul qilishda individuumlar harakatini faolashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga ta’sir ko’rsatuvchi majburlovchi harakatlar.