3-chizma. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi.
Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axboroti qayta ishlash jarayonida mukammalashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular ko’lami juda keng bo’lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashqil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab ko’p yoki kam ko’llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko’plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmoqdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bo’lib bormoqda.
Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo’lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot ko’lami va miqdorning nihoyat ko’pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo’l qo’yiladi.