Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko’rsatkichi. Natural va qiymat shaklida ulchanadi.
Marketingda tarmoq yondaShuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki Ko’ptomonlama o’zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondaShuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o’zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, Chunki resurslar o’zgarganda ularning bir-biriga karamligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almaShuvi bo’ziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmogi a’zolari o’rtasida resurslar ayirboshlash “karamlik” va “xoqimlik” manbai hisoblanadi. Marketing tarmogi uchta o’zaro bog’liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondaShuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.