Узбекистон республикаси олий ва урта


To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə35/125
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#37553
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Namangan davlat untversiteti

4. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash

Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:



  • tartibga solish;

  • masshtablashtirish;

  • umumlashtirish va tahlil qilish.

Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo’yicha, ularni taxrirlash va natijalarni kodlashtirish, Shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan Shartli sinf yoki zonalar bo’yicha amalga oshiriladi.

Taxrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko’rinishila ko’rsatish ularni tabaqalashtirishni bildiradi.

Shkalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo’llaniladi.

Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi.

Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, Shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin