Bozorni tahlil qilish uchun ko’rsatkichlar
Ko’rsatkichlar
|
Tavsifnoma
|
Son ko’rsatkichlari
|
Bozor sig’imi, bozorni rivojlanish dinamikasi, firmaning bozordagi ulushi, bozor salohiyati va boshqalar
|
Sifat ko’rsatkichlari
|
Ehiyojni tuzilishi, xarid motivlari, ularning dinamikasi, xarid jarayoni, ehiyojlarni stabillash, axborotlashtirish
|
Raqobat muhiti
|
Raqobatchi firmalarning mahsulot sotish hajmi, foydalanayotgan marketing strategiyalari, moliyaviy qo’llab quvvatlash imkoniyatlari
|
Xaridorlar tuzilishi
|
Xaridorlar soni, xaridor turi, xaridorlar soni dinamikasi, xaridorlarni hududiy xususiyatlari
|
Tarmoq tuzilishi
|
O’xshash tovarlar taklif qilayotgan sotuvchilar soni, sotuvchilar turi, ularni ishlab chiqarishni tashqil etish darajasi, raqobatdagi potentsial imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlari hajmi
|
Taqsimlashning tuzilishi
|
Geografik xususiyatlar, sotish tarmoqlarining xususiyatlari, transport bilan ta’minlanganligi
|
Tahlildan tashqari bozor segmentini tanlashda segmentlashni rejalashtirish ko’zda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniqlash
Iste’molchilarning turli-tumanligi va o’xshashligi tahlili
Iste’molchilar guruhlari sohasini ishlab chiqish
Iste’mol segmentini tanlash
Raqobat muhitida kompaniya o’rnini aniqlash
Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.
Bozorni segmentatsiyasining rejalashtirish jarayonini tashqil etishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
segmentlar o’zaro bir-biri bilan farq qilishi zarur;
har bir segmentga faqat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish zarur;
iste’molchilarni tavsifnomalarini firma tomonidan o’lchash mumkin bo’lishi zarur;
har bir segment razmer bo’yicha bo’lishi, ya’ni sotish hajmi va xarajatlarni qo’lashni o’lchashi kerak;
har bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama kompaniyasini o’tkazish uchun oson va tushunarli bo’lishi zarur.
Segmentatsiya jarayonining muhim bosqichi bo’lib bozorni maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada murakkab bo’lib, uni yechish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi:
segment o’lchamini va uni o’zgarish (o’sish, kamayish) tezligini o’rnatish;
segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;
o’zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.
Segment o’lchami uning miqdoriy o’lchamlari va birinchi navbatda sig’imi bilan tavsiflanadi. Segment sig’imini aniqlash uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning potentsial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |