6. Psixologiyada yosh davrlarni ketma-ketligini to‘g‘ri tartibda keltirilgan variant javobini toping. A - kichik maktab yoshi, B - bog‘cha yoshi, V - o‘smirlik yoshi, G- o‘spirinlik yoshi, D - go‘daklik yoshi.
*A) DBAVG
7. O‘quvchining kichik maktab yoshidagi yetakchi faoliyatni aniqlang.
*A) O‘qish faoliyati
8. Psixologiyada yosh davrlar inqirozi (krizis) tushunchasining mohiyati nima?
*A) Bola yosh davrlar bosqichlaridan o‘tishda psixologik qiyinchiliklari
9. Individ yoki shaxsning individual rivojlanishi va taraqqiyoti........ deyiladi.
*A)Ontogenez
10. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari ko’rsatilgan qatorni toping?
*A) Temperament, xarakter va qobiliyat
11. Shaxs shakllanishida qaysi faoliyat turlari yetakchilik qiladi, bolaning rivojlanishi tartibidagi to‘g‘ri qatorni toping?
*A) O‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlari
12. O‘quvchilarning o‘smirlik yosh davri qaysi yoshlarini o‘z tarkibiga oladi?
*A) 12-16 yoshlarni
13. O‘quvchi shaxsining rivojlanishida va o‘qitishda differensial yondashuvning emotsional buzilish jarayonlarini ko‘rsating.
*A) Giperaktivlik, agressivlik va xavotirlanish
14. Psixik faoliyatning shaxs uchun ahamiyatga ega bo‘lgan obyektga yo‘naltirishi?
*A) Diqqat
15. Pedagogning qiyin o‘quv ma’lumotlarni oson, tushunarsizini tushunarli va murakkabini oddiy qilib o‘quvchilarga yetkaza olish fazilatiga ........... deyiladi.
*A) Didaktik qobiliyat
16 Pedagogik psixologiya …………. psixologik qonuniyatlarni o‘rganuvchi fandir.
*A) Ta’lim va tarbiyaning
17. O‘qituvchining “Konstruktiv” qobiliyat sifati to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
*A) O‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy ishlarini rejalashtira bilishi va uning natijasini oldindan ayta olish qobiliyat sifati
18) Faoliyat asosini tashkil qiluvchi xatti-harakatga undovchi kuch?
*A) Motiv
19. Ehtiyoj deb…..
*A) Odam faolligining manbai bo‘lib, individ yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan obyektlarga muhtojligini his etish holatiga aytiladi.
20. Shaxsning bilish jarayonlariga nimalar kiradi, to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
*A) Sezgi, idrok, xotira, tafakkur, tasavvur.
21. Inson psixikasining namoyon bo‘lish shakllari?
*A) Bilish jarayonlari, individual tipologik xususiyatlar va hissiy holatlar.
Dostları ilə paylaş: |