Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi baxolanishi va ularni hisobga olish vazifalari


Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi baxolanishi va ularni hisobga olish vazifalari



Yüklə 30,45 Kb.
səhifə2/5
tarix06.03.2023
ölçüsü30,45 Kb.
#86794
1   2   3   4   5
Uzoq muddatli aktivlar hisobi

Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi baxolanishi va ularni hisobga olish vazifalari
Asosiy vositalar-bu uzoq muddat o’zining tabiiy ko’rinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o’z qiymatini asta-sekin o’tkazadigan mehnat vositalaridir.
Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning o’rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular barcha xo’jalik yurituvchi sub’ekt tayanadigan va xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bo’lgan ishlab- chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BҐMSga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  • asosiy vositalarning olinishi, hisobdan chiqarilishi, joyi o’zgartirilishini hisobda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish;

  • asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;

  • asosiy vositalarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;

  • ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo’yicha mavjudligi va asralishini, ayrim hollarda ularning asralishi uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bo’yicha nazorat qilish;

  • asosiy vositalarning eskirishini to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqish va uni hisobda to’g’ri aks ettirish;

  • ta’mirlash bo’yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan vositalarning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;

  • eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan asosiy vositalarni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash.

Hisob va rejalashtirishda asosiy vositalar ma’lum guruhlarga bo’linib hisobga olinadi va rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni to’g’ri tashkil qilishning muhim sharti bo’lib, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga va ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan ob’ektlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab chiqarishning asosiy fondlari deb ataladi. Ularning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishdagi roli har xil, ba’zilari, masalan, mashinalar, uskunalar, asbob-uskunalar ishlab chiqarishda mehnat qurollari sifatida qatnashadi, ba’zilari esa ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz ishlab turishini ta’minlaydi, masalan, inshootlar, yana boshqalari esa, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoit yaratib beradi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, yo’llar va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayonida to’g’ridan-to’g’ri qatnashmaydigan ob’ektlarga uy- joy-kommunal xo’jaligi vositalari, sog’liqni saqlash muassasalarining asosiy vositalari (kasalxona, ambulatoriya, poliklinika), madaniyat va maorif muassasalariga qarashli ob’ektlar (zavod klublari, teatrlar, kutubxona, bolalar muassasalari) va boshqalar kiradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi xalq xo’jalik tarmoqlari va faoliyat turlariga bo’linadi: sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va boshqalar. Masalan, sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida «Sanoat» tarmog’iga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning transport moddiy- texnika ta’minoti, ombor xo’jaligi va boshqa bo’limlarining asosiy vositalari kiradi.
Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlari balansida aks ettiriladigan yordamchi qishloq xo’jalik bo’limiga qarashli ob’ektlar «qishloq xo’jalik tarmog’i», uy-joy- kommunal xo’jaligiga qarashli ob’ektlar «Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish» va
«Uy-joy-kommunal xo’jaligi» tarmog’iga kiradi.
Demak, sanoat korxonalaridan tashqari, boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlariga qarashli ob’ektlar ham foydalanishda bo’lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan sanoat korxonalarining asosiy vositalarini sanoat ishlab chiqarishi va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish fondlariga bo’lish mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlarining asosiy vositalari o’z foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo’linadi:

      1. Bino;

      2. Inshoot;

      3. o’tkazuvchi qurilmalar;

      4. Mashina va uskunalar;


        1. Yüklə 30,45 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin