Xush kelibsiz, hurmatli hamkorlar! Onlayn tijorat sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun bizning platformani tanlaganingiz uchun tashakkur. Biz hamkorlikni qulay qilish uchun oddiy va qulay tizim yaratdik. Uzum marketpleysining biznes modeli maksimal samaradorlik asosida ishlaydi – bizning ishlab chiqarish har jihatdan tejamkor. Ishimizda biz ham sotuvchilar, ham xaridorlar uchun eng yaxshi bozor sharoitlariga erishish imkonini beruvchi maxsus usullar va texnologiyalardan foydalanamiz. Siz uchun bu qo'shimcha to'lovlarsiz kichik komissiyalardir. Mijozlaringiz uchun – bu tez va bepul yetkazib berish, yuqori darajadagi xizmat va eng qulay narxlar.
Keling, ushbu tamoyillarning amalga oshirilishini bir misolda ko'rib chiqamiz. Aytaylik, siz 20 000 so’mlik mahsulot sotyapsiz. Boshqa marketpleyslarda sizdan saqlash va boshqa xizmatlar uchun to’lovlarni hisobga olmaganda o’rtacha 12 000 so’m to’lov oladi. Bizda ushbu mahsulotni sotish uchun komissiya 4000 so'm, ham muddatsiz saqlash xizmati bilan.
Bundan tashqari, bizning komissiyamiz tovarlarning narxiga bog'liq: tovarlar qanchalik qimmat bo'lsa, komissiya shunchalik past bo'ladi. Bunday imkoniyat bizda samaradorligimiz oshgani sababli mavjud, chunki biz yangi texnologiyalarni joriy etdik, buyurtmalar hajmini oshirdik va hokazo. Shu tarzda biz sotuvchilarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratishda davom etamiz. Bunga imkonimiz bor, chunki Uzumda buyurtmani bajarish narxi raqobatchilarnikidan 4,5 barobar past.
Biz bilan ishlashingiz qulay bo’lishi uchun biz bir butun ekotizim yaratdik: logistika tizimini qurdik, brending agentligini yaratdik, bepul fotostudiya tashkil etdik, Tovarlarni tayyorlash markazi va Akademiyani ishga tushirdik. Bizning vazifamiz biznesingizni oson, qulayroq va samaraliroq qilish uchun maksimal darajada sifatli xizmat taklif qilishdir.
Shu va boshqa raqobatdosh ustunliklarni biz faqat sizning yordamingiz bilan amalga oshirishimiz mumkin. Ishni boshlashdan oldin ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqing - bu taxminan ikki soat vaqtingizni oladi. Qo’llanmada nafaqat do'konni ishga tushirishning texnik jarayoni tavsiflangan, balki savdo hajmini oshirish va brendingizni rivojlantirish uchun muhim vositalar ham ko’rsatilgan.
Ushbu ko'rsatmalarga amal qilsangiz, Uzum bilan hamkorlikdan maksimal foyda olishingiz mumkin. Esda tuting: savdodan foydani faqat marketpleys emas, balki siz ham topganingizdagina biz siz bilan birgalikda noyob biznes modelni yaratamiz.
Uzum yetkazib beruvchilarining rasmiy Telegram kanaliga qo’shiling.