O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan maktab ishchi guruhi tuzilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘i maktabning ko‘rinarli joylariga ilinishi ta’minlansin;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 246-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan maktab chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin;
Ushbu buyruq mazmun-mohiyati haqida o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilsin;
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga rioya etish qat’iy belgilab qo‘yilsin;
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Xudoyqulov zimmasiga yuklatilsin.