22
4-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGI
FUQAROLARNING HUQUQIY HOLATI
Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy hisoblanadi.
Fuqarolik
jismoniy shaxslar va davlat o‘rtasida
barqaror siyosiy-huquqiy
aloqalar mavjudligini anglatadi. Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan
tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda
yashaydigan hamma odamlar ham uning fuqarolari hisoblanmaydi.
Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ma’lum
hayotiy
holatlardan kelib chiqib, vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O‘zbekis-
ton fuqarosi bo‘lmagan odamlar ko‘plab topiladi. Bu toifaga xorijiy fuqaro-
lar hamda boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlay
olmaydigan fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Biroq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishmasa ham, bu shaxslar uning qonunlari-
ga rioya etishlari, Konstitutsiyada, qonunlarda va xalqaro shartnomalarda belgi-
langan majburiyatlarni bajarishlari shart.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun 1992-yil 2-
iyulda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to‘g‘risidagi
qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul qilin-
gan ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining shu Qonunga muvofiq
chiqariladigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ta’min-
lanadi. Ular inson huquqlari sohasidagi har bir odamga nisbatan e’tirof etilgan
xalqaro hujjatlar tomonidan tan olingan huquq va erkinliklardan foydalanishadi.
Faqat davlat fuqarolariga taalluqli bo‘lgan favqulodda huquqlar bundan
mustasno. O‘zbekiston fuqarolaridan farqli ravishda
xorijiy fuqarolar saylash
huquqidan foydalana olishmaydi, deputatlar yoki senatorlar sifatida saylanishga
va harbiy xizmat qilishga haqli emas. Bu barcha davlatlarda tan
olingan ama-
liyot bo‘lib, bunday cheklovlar tahqirlash choralari hisoblanmaydi.
23
O‘zbekiston Respublikasida mamlakatda yashaydigan barcha odamlar
uchun yagona fuqarolik belgilangan bo‘lib, ularning tengligi Konstitutsiya da-
rajasida belgilangan. Bu tamoyilga ko‘ra barcha fuqarolar
qonun oldida teng-
dirlar. Ijtimoiy holati, irqiy yoki milliy kelib chiqishi,
genderlik aloqadorligi,
tili, dini yoki siyosiy ishonchidan qat‘i nazar hech narsa fuqarolar tenligiga
ta’sir etolmaydi. Fuqarolar teng huquqliligining buzilishi konstitutsional huquq
va erkinliklarga qarshi jinoyat deb tan olinadi va O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksiga (141-moddasi) muvofiq jinoiy-huquqiy
javobgarlikka
tortiladi. O‘zbekistonda ikki fuqarolik tan olinmaydi.
Dostları ilə paylaş: