V. А. Kostetskiy



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

 
ISTE’MOLCHI 
Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan, 
teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste’mol- 
chisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz — iste’molchi hisoblanamiz, chunki 
har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz. 
Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Res- 
publikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida 
iste’molchi shunday ta’riflanadi. 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun bozor- 
ni iste’molchilar, ya’ni hammamizning manfaatlarimizga bo‘ysundirish maqsa- 
dida qabul qilingan. 
tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq 


75 
Kassa cheki — 
tovarning sotib olinganligini yoki ish (xiz- 
mat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xiz- 
mat)ning bahosi, haq to‘langan sana va kassa apparatining raqami 
ko‘rsatilgan hujjat. 
Tovar cheki — 
tovarning sotib olinganligini yoki ish (xiz- 
mat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning 
bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylash- 
gan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat. 
Sotuvchi — 
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga 
tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki 
xususiy tadbirkor. 
TOVAR HAQIDA AXBOROT OLISH HUQUQI 
Iste’molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri — oldi-sotdi misolida 
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini kо‘rib 
chiqamiz. 
Qonunga muvofiq («Tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumot» 6-moddasi) bu 
ma’lumotni sotuvchi berishi shart. Tovarlar haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar 
ko‘rsatiladi: 

asosiy iste’mol xususiyatlari; 

ishlab chiqarilgan sanasi; 

ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari

xizmat qilish (yaroqlilik) muddati; 

saqlash usuli hamda qoidalari; 

ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsata- 
digan korxonalarning manzillari. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin