В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение gprs технологий в стандарте gsm



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/25
tarix22.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#119848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы вн


ANNATATSIYA

Mazkur bitiruv malakaviy ishda GPRS texnologiyasining GSM standartiga tatbiq etilishi ko‘rib chiqilgan.


GSM standartining asosiy xarakteristikalari, mavjud standartlar, TDMA kadrlar tuzilishi va signallar shakllanishi, GPRS texnologiyasi va undagi vaqt slotlarining birlashishi atroflicha o‘rganib chiqildi.
Hayot faoliyati xavfsizligi savollari yoritilgan.

В данной выпускной квалификционной работе исследованы вопросы внедрение GPRS технологий в стандарте GSM.


В работе исследованы основные характеристики стандарта GSM, существующие стандарты, структура кадров TDMA и появление сигналов, технологии GPRS и объединение в нём временных слот.
Освещены вопросы безопасности жизненной деятельности.

In given exhaust qualification work explored questions introduction GPRS technology in standard GSM.


In work explored main features standard GSM, the existing standards, structure of the personnel(frames) TDMA and appearance signal, technologies GPRS and association in him temporary slot.
The lit questions to safety to life activity.
Mundarija
KIRISh 3
1. HARAKATDAGI SOTALI ALOQA TIZIMI 5
1.1 GSM standarti 5
1.2 GSM standartining asosiy xarakteristikalari 8
2. Harakatdagi sotali aloqa tizimining tuzilish prinsipi va chastotali rejalashtirish 22
2.1. Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining mavjud bo‘lgan standartlari 26
2.2. Harakatdagi sotali aloqa tizimining analog standartlari 28
2.3. Harakatdagi sotali aloqa tizimining raqamli standartlari 30
2.4. Raqamli GSM standarti 33
2.5. GSM standartida TDMA kadrlar tuzilishi va signallar shakllanishi 34
2.6. Radio signal modulyatsiyasi 39
3. GSM SOTALI ALOQA TARMOG‘IDA MA’LUMOTLARNI UZATISh TEZLIGINI OShIRISh TEXNOLOGIYASI 42
3.1. GPRS texnologiyasi 42
3.2. GPRS tarmog‘i arxitekturasi 42
3.3. GPRS terminallari 43
3.4. Baza stansiya tizimi 44
3.5. Kommutatsiya tizimi kanallari 44
3.6. Paketlar kommutatsiya tizimi 46
3.7. GPRS ni yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi 47
3.8. GPRS dagi kanallar 52
4. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 56
4.1. Baxtsiz xodisalar va ularni tergov qilish 56
4.2. Aloqa korxonalari va tashkilotlarida mehnat muxofazaci bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi uctidan nazorat 58
4.3. Turli favqulodda vaziyatlaning umumiy tavsiflari 63
Xulosa 66
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 68
KIRISh
So‘nggi yillarda harakatdagi sotali aloqa tizimlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Birinchi navbatda shaxsiy radio chaqiriq aloqa tarmoq va tizimlarini, sotali aloqa tizimlari va sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa tizimini aytib o‘tish lozim. Oxirgi yillikda ya’ni 80-chi yillar boshida birinchi avlod analog tizimlari ishlab chiqildi va foydalanishga kiritilgan edi. Birinchi umumiy foydalanish sotali aloqa tarmog‘i 1979 yilda Yaponiyada ishga topshirilgan. Bu tizimga o‘xshash tarmoq Skandinaviya mamalakatlarida 1981 yilda va AQSh da esa 1983 yilda foydalanishga topshirilgan. 90-chi yillar mobaynida harakatdagi sotali aloqa tizimlarining ikkinchi avlodi ya’ni raqamli tizimlari yaratildi va foydalanishga topshirildi. Hozirgi paytda bunday tizimlarning uchinchi avlodi 3G va to‘rtinchi avlodi 4G texnologiyalari ishga tushirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganlaridek, telekommunikatsiya tizimida magistral va hududiy telekommunikatsiya tizimlarining ishonchli va barqaror faoliyatini ta’minlash, iste’molchilar talabi asosida tizimlarni optimallashtirish, tizimli boshqarishda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va kelgusida takomillashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Elektron hujjat ayriboshlash tizimi kengaytirilmoqda. Tizimda elektron raqamli imzolarning klyuchlarini registratsiya qilish bo‘yicha 9 ta markaz ro‘yhatga olindi va ularning soni 149 mingtani tashkil etdi. Tasdiqlangan interaktiv davlat xizmatlari bazasi asosida on-layn tartibida 384 turdagi xizmatlar amalga oshirilmoqda.
Elektron ta’lim berishni rivojlantirish bo‘yicha 10 mingta o‘quv muassasasi «ZiyoNET» tarmog‘iga ulangan1.
Ikkinchi va uchinchi avlod tizimlarini asosiy mohiyatlaridan biri – bu ishalab chiqaruvchilarni iste’molchilarga juda qisqa raqam-harf xabarlari va oddiy chaqiriq ovoz signallaridan boshlab harakatlanuvchi tasvirlarni uzatishgacha, hamda Dunyo miqyosidagi keng ma’lumotlar bazasidan mobil ravishda foydalanish imkonini beradigan maksimal keng xizmatlar to‘plamini ta’minlashga intilishidir. Bu maqsadga muvaffaqiyatli yetishish uchun bitta shart bajarilishi lozim: ya’ni tizim va tarmoqlar katta o‘tkazish qobiliyatga ega bo‘lishi, raqamli ma’lumotlarni sekundiga bir-necha megabitgacha bo‘lgan katta tezlikda uzatishni ta’minlash lozim.
Hozirgi paytda axborot sektori Dunyo iqtisodiyotida eng katta dinamik hisoblanadi. O‘z navbatida axborot sektorida mobil aloqa tez rivojlanmoqda. Xalqaro elektron aloqa birlashmasi (MSE - Mejdunarodno‘y Soyuz Elektrosvyazi) «1999 yilda dunyodagi mobil aloqa rivoji» mavzuli hisobotida 1990 yilda BMT ni a’zolari bo‘lgan 185 mamlakatlardan faqat 59 ta mamalakatda (taxminan 32%) mobil aloqa tarmoqlari mavjud edi, 1999 yilda esa bunday mamlakatlar soni 167 taga (90% ko‘proq) yetdi. Mobil aloqa deb, birinchi navbatda sotali aloqa nazarga olinmoqda.
1994 yil mart oyida Xalqaro elektron aloqa birlashmasi tomonidan tashkil qilingan elektron aloqani rivojlantirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiyasida global axborot birlashmasini uchun global axborot infra tuzulmasini yaratish g‘oyasi taklif qilindi. Ya’ni uchinchi avlod tizimlari yordamida turlicha bo‘lgan juda ko‘p xizmatlar to‘plamidan foydalanish imkonini beruvchi tizimlarni yaratish nazarda tutilgan. Uchunchi avlod tizimlari yetakchi davlatlarda sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda. Butun dunyo telekommunikatsiyasi o‘zining rivojlanishning o‘tish davridadir.
Iqtisodni rivojlanishi va aholini turmush darajasi o‘sishi axborot (telekommunikasion) xizmat ko‘rsatishga talab tabora ortib bormoqda. U sababli ananaviy telekommunikasion xizmatlarni doimiy kengaytirish va boyitishni talab qilmoqda. Shu sababli mazkur bitiruv malakaviy ishda «GPRS texnologiyasining GSM standartiga tatbiq etilishi» mavzusi tanlandi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin