3. GSM SOTALI ALOQA TARMOG‘IDA MA’LUMOTLARNI UZATISh TEZLIGINI OShIRISh TEXNOLOGIYASI
3.1. GPRS texnologiyasi
GPRS (General Packet Radio Service) kanallar kommutatsiyasi bilan birgalikda GSM radiointerfesining umumiy fizik resursini ishlatadi. GPRSni GSM tarmog‘iga qurilgan texnologiya sifatida ko‘rish mumkin. Bu sotali bitta fizik muhit kanallarni kommutatsiya qilish bilan nutq uzatish uchun ham, paketlarni kommutatsiya qilish bilan ma’lumotlarni uzatish uchun ham ishlatishga imkon beradi. GPRS resurslar kanallari kommutatsiya qilish bilan axborot (nutq yoki GSM kanal orqali ma’lumot) uzatish seansi yo‘q bo‘lgan davrlarda ma’lumot uzatish uchun dinamik ravishda ajratilishi mumkin.
GPRS uchun xuddi o‘sha fizik kanallar mo‘ljallangan, lekin ananaviy kanallar kommutatsiya qilinadigan GSM bilan solishtirilsa ularni ishlatish samaradorligi ancha yuqoridir, chunki bir necha GPRS fodalanuvchilarni bitta taymslotni (vaqt kanalini) ishlatishi mumkin. Bu kanallardan foydalanish imkonini oshirib beradi. Bundan tashqari GPRS resurslarni faqat ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish davrida foydalaniladi.
3.2. GPRS tarmog‘i arxitekturasi
GPRS bu GSM tarmog‘ining yagona texnologiyasi hisoblanadi, uning uchun ba’zi modifikatsiyalar bilan mavjud bo‘lgan GSM infrastrukturasi ishlatiladi. GPRS tizimi uchun yechimi tarmoqqa GPRSni tez va katta bo‘lmagan sarf-xarajatlar bilan ishga tushirish imkoni bilan ishlab chiqilgan.
GPRSni amalga kiritish uchun mavjud bo‘lgan GSM tarmog‘ining elementlari dasturiy ta’minotini moderizatsiya qilish zarur, baza stansiyalar kontrolleridan (BSC) tashqari, chunki uning uchun apparat vositalarini moderizatsiya qilish lozim.(1-rasm).
GSM tarmog‘ida ikkita yangi bog‘lanma paydo bo‘ladi:
Serving GPRS Support Node (SGSN) – GPRSni yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bog‘lanmasi.
Gateway GPRS Support Node (GGSN) – GPRSni yordam berish bo‘yicha bog‘lanma shlyuzi.
3.1-rasm. GPRS tarmog‘ini arxitekturasi
Bu ikki bog‘lanma fizik holda bitta uskuna asosida amalga oshirish mumkin. GPRSni tez amalga kiritish imkoni bor, masalan, o‘z ichiga SGSN va GGSN bog‘lanmalarni kombinatsiyasi sifatidagi GPRSni kombinasion bog‘lanmasini o‘rnatish mumkin. Keyingi bosqichda esa ularni SGSN va GGSN bog‘lanmalarga ajratish mumkin.
SGSN interfeyslari G interfeyslar (Gh, Gr va h.z) deyiladi, ular ETSI standartlari bilan aniqlangan. Standartlashtirish turli xil ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bir-biriga ulash imkonini beradi. UMTS tarmog‘ining bog‘lanmalariga interfeyslar I interfeyslar (Iu, Iur va h.z) deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |