В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


I BOB. KORXONA KADRLAR SIYOSATI VA UNING KONSEPTUAL



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/109
tarix04.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#138558
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

I BOB. KORXONA KADRLAR SIYOSATI VA UNING KONSEPTUAL 
ASOSLARI 
1.1. Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi 
Amaliyotga ko‘ra, korxonalardagi mulkdorlik shaklidan qat’i nazar, rahbarlar 
o‘z xodimlari va korxonaning murakkab bozor sharoitida raqobatbardoshlik 
ustunligini vujudga keltirish ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik samara olib kelishiga 
qodir hal qiluvchi resursga aylanib qolganligini asta-sekin tushuna boshladilar. 
Korxona mehnat resurslarining asosiy qismi kadrlar siyosati bilan qamrab olingan.
Xodimlarni boshqarish mehnat resurslarini samarali tashkil etish va unumli
boshqarish maqsadlariga erishishda yagona imkon beruvchi tizimga aylanib 
bormoqda. 
Kadrlar siyosati – mamlakatimizning kadrlar sohasida azaldan qo‘llangan 
tushuncha, bu tashkilotning xodimlarga munosabati va aniq maqsadlarga erishish 
niyatida unga ta’sir ko‘rsatish usullari majmui deb tushuniladi. 
“Kadrlar siyosati” tushunchasining zamonaviy ma’nosi quyidagilardan iborat. 
Birinchidan,
korxonaning zamonaviy kadrlar siyosati ishlayotgan har bir 
xodimning vazifalari va strategik maqsadlaridan mantiqiy kelib chiqadi va 
faoliyatning aniq natijalari hamda korxonaning umumiy rivojlanish istiqbollariga 
moslashadi. Kadrlar siyosatining qulayligiga, egiluvchanligiga yuqori talablar va 
uning ichki (boshqarish va rahbarlik uslubi, ichki tashkiliy madaniyat va hokazo) va 
tashqi muhiti (mehnat bozori, iqtisodiy inqiroz sharoitida – moliya faoliyatini 
maqsadli olib borish xususiyatlari, qonunchilikning rivojlanishi, takomillashishi) ko‘p 
omilli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida amalga oshiriladi. 
Ikkinchidan,
kadrlar siyosatining g‘oyalarini korxonadagi yuqori saviyadagi 
rahbarlar (ta’sischilar, mulkdorlar, top-menejerlar) ishlab chiqadilar. 
Uchinchidan, 
kadrlar siyosatini asosan oliy va o‘rta darajali boshqaruv 
bo‘g‘inida mehnat faoliyatiga ega funksional rahbarlar, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan 
professional kadrlar xizmati ham anglab va izchillik bilan mujassamlashtirib 


12 
boradilar. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin