V. Xulosa Kirish "Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə7/10
tarix11.10.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#153922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bankning rivojlanish tarixi

2019 yil 
Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) O‘zbekistondagi “Yashil iqtisodiyot”ni moliyalashtirish loyihasi doirasidagi dasturining birinchi ishtirokchisiga aylandi
2020 yil 
2020 yil ortasida - Germaniyaning taraqqiyot moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund orqali) «Ipak Yo‘li» AITB aksiyadorlik kapitaliga deyarli 25 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritishdi. Investorlar yangi chiqarilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan bankning aksiyadorlik kapitalidagi minoritar ulushini qo‘lga kiritdi, bu ularning O‘zbekistondagi bankning aksiyadorlik kapitaliga kiritgan ilk investitsiyasi hisoblanadi.
2021 yil
"Ipak Yo‘li" banki Global Money Week’da qatnashdi.
Triodos Investment Management Niderlandiya investitsion kompaniyasi "Ipak Yo‘li" bankiga 10 mln yevro miqdorida navbatdagi kredit liniyasini ajratdi. 
Аprelda Buxoro shahrida filial ochilgan edi. 
"Ipak Yo‘li" banki korporativ mijozlar uchun yangi imkoniyat yaratdi va “Dibank” xizmati bilan integratsiyani amalga oshirib, mijozlarga to‘lovlar bilan ishlash vaqtini ikki barobar qisqartirish imkonini berdi. 
"Ipak Yo‘li" banki Shveytsariyaning responsAbility Investments AG kompaniyasi investitsion fondlaridan o‘zbek so‘midagi ekvivalentda 20 mln АQSH dollari, shuningdek, Shveytsariyaning Symbiotics aktivlarni boshqarish kompaniyasidan 5,25 mln АQSH dollari miqdorida kredit mablag‘larini jalb qildi. 
Visa bilan hamkorlikdagi yirik aksiya yakunlari e’lon qilindi hamda ishtirokchilar-bank mijozlari o‘rtasida Hyundai Elantra Active avtomobili o‘ynaldi.
2021-yil davomida "Ipak Yo‘li" banki Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan “Islom oynasi” loyihasini hayotga tatbiq qilish ishlarini davom ettirdi. Bu maqsadda 2021-yilning 8-mayida Bank bosh ofisida islom moliyasi bo‘yicha kichik va o‘rta biznes vakillari uchun axborot seminari tashkil etildi. 
"Ipak Yo‘li" banki ISUZU D-Max ARAL TOUR avtoekspeditsiyasining bosh homiysi sifatida qatnashdi. Ekspeditsiya maqsadi vatanimizning olis va g‘ayrioddiy manzaralarini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. 
Ipak Yoli Mobile mobil ilovasiga yangi VISA Direct xizmati qo‘shildi va uning yordamida bank mijozlari dunyoning 99ta mamlakatidagi boshqa banklar Visa kartalariga pul mablag'larni oson jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
2021-yil sentabrda Toshkent shahrida tantanali ravishda «Yashnobod» zamonaviy bank xizmatlari markazi hamda Samarqand viloyatida «Ziyovuddin» ekspress markazi ochildi. 
Bank yangi 1296 qisqa raqamiga ega bo‘ldi.
2021-yilning 15-16-sentyabr kunlari "Ipak Yo‘li" banki Strategik sessiya o‘tkazdi va unda yaqin uch yildagi rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Yig‘ilishda aksiyadorlar vakillari, Kuzatuv kengashi, Boshqaruv aʼzolari, Bank biznes-yo‘nalishlari va filiallari rahbarlari ishtirok etishdi.
2021-yil 29-sentyabrda Osiyo Taraqqiyot Bankining "Savdoni moliyalashtirish va Yetkazib berish (Ta’minot) zanjirini moliyalashtirish" (TSCFP) dasturi doirasida mukofotlash marosimida "Ipak Yo‘li" banki 2021-yil bo‘yicha OTB bilan hamkorlik natijalariga muvofiq ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi.
"Ipak Yo‘li" banki 2020-yilning iyun oyidan 2021-yil iyul oyiga qadar bo‘lgan davrda eng ko‘p bitimlar tuzishga erishgan O‘zbekiston Respublikasining savdoni moliyalashtirish sohasidagi yetakchi hamkor-bank sifatida e’tirof etilgan.
Shuningdek, "Ipak Yo‘li" banki emitent bank sifatida 2021-yil uchun "Yilning eng yaxshi bitimi" nominatsiyasi bo‘yicha mukofot oldi.
Hujjatli akkreditiv doirasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha "TBS Bank" banki (Gruziya) bilan hamkorlikda 1 mln AQSh dollariga yaqin miqdorda shartnoma tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasiga COVID-19 va grippga qarshi kurashish bo‘yicha dori-darmonlar importini qoplovchi bitim OTBning 48 ta mintaqaviy a’zo davlatlarining nomzodlari orasidan eng yaxshisi deb e’tirof etildi.
Mazkur e’tirof bankning o‘z mijozlariga savdoni moliyalashtirish doirasida hujjatli amaliyotlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlarining eng yaxshi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
"Ipak Yo‘li" banki BAAning "Mashreqbank" bankida dirhamlarda muxbirlik hisobini ochdi. "Ipak Yo‘li" AQSHdagi "Bank of New York Mellon" bankida dollarlarda muxbirlik hisobini ochdi.
"Ipak Yo‘li" banki Proparco bilan hamkorlik o‘rnatdi. Fransiya taraqqiyot moliya instituti "Ipak Yo‘li" bankiga O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit liniyasini taqdim etdi. Moliyalashtirish AQSH dollari va o‘zbek so‘mida olish imkoniyati bo‘lgan 30 mln AQSH dollari miqdoridagi multivalyuta kredit liniyasidan iborat.
"Ipak Yo‘li" banki jahon iqtisodiyotida global tizimli nufuzli banklardan biri - "Deutsche Bank AG" (Germaniya) dan "Sustainable Client Excellence Award 2021" (2021 yilning barqaror rivojlananayotgan mijozga mislsiz yutuqlari uchun mukofot) ga sazovor bo‘ldi. Ipak Yo‘li Mobile foydalanuvchilari uchun "Zolotaya Korona" pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi "Ipak Yo‘li" bankini Markaziy Osiyoda eng yaxshi bank-emitent deb e’tirof etdi.
Biz haqimizda

Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin