Va adabiyoti universiteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/30
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#164070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
bmi gulnoza saidova

ishchi: ish – 
yasоvchi аsоs, 
-
chi
– yasоvchi 
qo‘shimchа, 
ishchi –
yasаlmа; 
tоshko‘mir: 
yasоvchi аsоs –
tоsh 

ko‘mir, 
tоshko‘mir – 
yasаlmа.
So‘z shakl tarkibida leksik ma’no anglatuvchi qism bilan grammatik ma’no 
bildiruvchi qism farqlanadi. So‘z shaklning leksik ma’no bildiruvchi qismi leksema 


deyiladi. Leksema grammatik ma’no ifodalovchi qism, shuningdek, so‘z yasovchi 
qo‘shilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
So‘z yasalishida qarindosh so‘zlarning tarkibi jihatidan aloqasi, o‘zaro 
bog‘langanligi tahlil qilinadi. Shuning uchun so‘z ayaslishi sistemasini o‘rganishda 
har bir konkret morfemaning (ham o‘zak morfema, ham affiskal morfema) so‘z 
yasovchilik xususiyati aniqlanadi. Shuningdek, grammatik tarkibi turlicha bo‘lgan 
so‘zlarning ( tub va yasama so‘zlarning) yangi yangi so‘z hosil qilishdagi rolini 
belgilash muhim ahamiyatga ega. 
Adabiyotlarda so‘z yasalishi, so‘z turkumlarida so‘z yasalishi haqida turlicha 
qarashlar mavjud. Adabiyotlarning aksariyatida so‘z yasalishi asosan mustaqil so‘z 
turkumlariga xosligi ta’kidlangan. “So‘z yasalish hodisasi asosan mustaqil 
turkumlari uchun xos. Ot, sifat, fe’l va ravish turkumlarining tarkibi doim yangi 
yasalmalar bilan boyib turadi.”
10
Bunday qarashni Q.Sapayevning “Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida ham uchratish mumkin.
Keyingi yillada e’lon qilingan ishlarda, xususan, A.Hojiyevning “O‘zbek tili 
morfologiyasi, 
morfemikasi 
va 
so‘z 
yasalishining nazariy masalalari” 
monografiyasida so‘z yasalishi haqida yangicha qarashlar ilgari surilgan. Tilshunos 
olim so‘z yasalishini o‘zbek tilida o‘rganilishi haqida so‘z yuritar ekan, tilning har
bir sistemasining tadqiqi shu sistemani shakllantiruvchi til birligini belgilashdan 
boshlanishini, biroq o‘zbek tili so‘z yasalishi sistemasini tadqiq etishda ana shu 
asosiy, muhim va ma’lum faktga e’tibor berilmaganligini, ya’ni o‘zbek tili so‘z 
yasalish tizimi va uning til birligi – shakllantiruvchisi bormi, degan masala o‘rtaga 
qo‘yilganligi va bu haqda aniq bir fikr bildirilganligi yo‘qligini ta’kidlaydi.
11
A.Hojiyev ushbu monografiyasida o‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi, so‘z 
yasalish tarkibi, so‘z yasalish imkoniyati haqidagi mavjud qarashlarni tahlil qiladi. 
“So‘z yasalishi asosining mohiyatini belgilashda quyidagi ikki narsaga asoslanish 
kerak bo‘ladi: 1) yasama so‘z umuman so‘z (leksema)dan emas, balki uning 
10
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. -Тошкент: Ўзбекистон, 1992. –
Б.207.
11
Ҳожиев А.Ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг назарий масалалари. -Тошкент: 
Фан, 2010. –Б.141-142.


muyayan ma’nosi asosida yasaladi. Masalan, 
harakatchan
so‘zi 
harakat
so‘zining 
ma’nosi asosida –
chan
so‘z yasovchi morfemasi yordamida yasaladi. Ana shu ma’no
harakatchan 
yasama so‘zi ma’nosining yuzaga kelishi uchun asos ma’no 
hisoblanadi. Bu yasama so‘z tarkibida 
harakatchan 
so‘zi va uning ma’nosi shunday 
xususiyatga (mohiyatga) ega ekan, bu so‘zning ma’nosi ham mustaqil ma’no 
hisoblanmaydi. Bu esa 
harakatchan 
so‘zi tarkibida “harakat”ni mustqail birlik, ya’ni 
so‘z (ot) hisoblashga yo‘l qo‘ymaydi. Demak, 
harakatchan 
yasama so‘zi tarkibidagi 
“harakat”ni so‘z yasash asosi deyish – shunday termin bilan yuritish, birinchidan, 
uning mustqail birlik emasligini qayd etsa, ikkinchidan 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin