erkin bayon qila oladi. Interfaol usullar xilma-hil bo‘lib, qaysi metodni tanlash
o‘qituvchining o‘tayotgan mavzusi,darsning maqsadi va vazifalariga bog‘liq.
Interfaol mashg‘ulot - o‘qituvchi va talabalalar o‘zaro faol ishtirok etadigan
mashg‘ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon.
Innovatsion jarayonlarda interfaol metodlarning qo‘llanishi darslarda
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo‘sh
talabalalar ni ham bir oz bo‘lsa-da, o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga,
umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok
etishga undaydi. Talabalalar ni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan
usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun
darsga, mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li,
usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan
interfaol usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri
tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo‘llanmoqchi bo‘lgan interfaol usulini ko‘rib
bo‘lgach, o‘zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko‘rgazmalardan keragini
qirqib olib konvertga solib qo‘yishingiz, mavzularni o‘rgatishda ishlatishingiz
mumkin.
Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik,
insonparvarlik printsiplarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urf-
odatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni
mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning
tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: