6
yuksak ma‘naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‗zaki ijodini tom ma‘noda
anglash uchun, uning mohiyatini umumiy o‗rta ta‘lim o‗quvchilariga tushuntirish va
singdirish uchun uning g‗oyaviy-badiiy va janr xususiyatlari, poetik shakllanishi,
tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslarini atroflicha tadqiq etish lozim bo‗ladi. Xalq
ijodini o‗rganishda bunday muayyan yondashuv uning jonli og‗zaki
ijro sharoitida
o‗ziga xos ravishda yashash, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik tarixiy taraqqiyot
jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‗liq ayrim hodisalarning aks etish
darajasi, aniq asarlar syujet tizimida tutgan o‗rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini
alohida-alohida tadqiq etishni talab qiladi.
Jahon ma‘naviyati va madaniyatiga munosib hissa qo‗shgan, o‗tmishi
yuqori
saviyada o‗tgan xalqlar og‗zaki ijodida butun dunyo folklorshunos olimlari muttasil
o‗rganayotgan asarlar bor. Forsaytlar haqidagi sagalar, nardlar, manas shular
jumlasidandir. ―Alpomish‖ ham ana shunday asarlar qatorida munosib o‗ringa ega.
Shuning uchun ham folklorshunoslikda ―Alpomish‖ning xalq qahramonlik eposi
sifatidagi tarixiy ahamiyatini atroflicha o‗rganganlar. Hamid Olimjon
4
, Hodi Zaripov,
M.Saidov
5
, To`ra
Mirzayev, Malik Murodov, Bahodir Sarimsoqov, Mamatqul
Jo‗rayev kabi o‗zbek olimlari mazkur asarni ijtimoiy hayotning badiiy ijoddagi
ifodasi yo‗nalishida
tadqiq etganlar
6
. Doston haqidagi yangi fikr B.Sarimsoqovning
―Alpomish‖ eposi haqida uch etyud‖ hamda ―Alpomish‖ klassik epos namunasi‖
maqolalarida qayd etildi
7
. Xususan, bu maqolada, avvalo, turkiy xalqlar, jumladan,
o‗zbek xalqining mustaqil xalq sifatidagi o‗ziga xos
belgilari birinchi navbatda,
qahramonlik eposida aks etishi qonuniyati kashf etildi. Natijada olimlar tomonidan
doston o‗rganilar ekan, ―Alpomish‖ o‗zbek xalqi tarixining badiiy ifodasi san‘atda
aks etgan va og‗zaki ijodda muhrlangan hujjat ekani to‗liq isbotlandi. Badiiy
san‘atda shunday asarlar borki, ularni o‗rganish ijod samaralarini tahlil qilish bir
necha avlodlar sa‘y-harakatlari bilan ham o‗z nihoyasiga yetmaydi. Millatni anglash
4
Ҳамид Олимжон. Мукаммал асарлар тўплами. Ўн томлик. - Тошкент: Фан, 1981-йил.
5
Саидов М. Ўзбек халқ достончилигида бадиий маҳорат масалалари. - Тошкент: Фан,1969.
6
Қаранг: Ҳамид Олимжон. Асарлар, 10-жилдлик; Ҳ.Зарипов. Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси.; Т.Мирзаев.
‖Алпомиш‖ достонининг ўзбек вариантлари. - Тошкент, 1989.
7
Саримсоқов Б. ―Алпомиш‖ - классик эпос намунаси. Ўзбек тили ва адабиёти журнали, 1999, 3-9-бетлар.
7
uchun uning ruhiyatini bilish lozim. Millatning o‗ziga xosligini
tayin etadigan eng
katta va asosiy belgi til bo‗lsa, uni unutgan odamda millat tuyg‗usi bo‗lmaydi.
―Alpomish‖ dostoni o‗zbekning ruhiy olamini anglatish jihatidan tengsiz badiiy
obidadir.
―Alpomish‖ dostonining turkiy dostonlar qatorida tutgan o‗rni, uning epik
timsollar tizimi tadrijidagi mavqei, jahon mifologik tafakkur tajribasining
―Alpomish‖ dostoniga ko‗rsatgan ta‘siri va undan o‗rganilgan
jihatlar, doston
sujetining yaratilishiga sabab bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, etnik-maishiy
omillar, asardagi timsollar tizimi va boshqalar tekshirilgan. Bevosita doston
badiiyatini o‗rganishga qaratilgan ishlar sirasiga M.Saidovning ―O‗zbek xalq
dostonchiligida badiiy mahorat masalalari‖ (T.,1969), I.Yormatovning ―O‗zbek xalq
eposi badiiyati (―Alpomish‖ dostoni asosida)‖ (T.,1993), yana shu muallifning
―O‗zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati‖ (T., 1994), Q.Yo‗ldoshevning
―Alpomish‖talqinlari (T., 2002) kabi ishlarni kiritish mumkin. Ammo dostonni
o‗qimishliligini ta‘minlagan, xalqimiz qalbidan chuqur o‗rin olgan jihati uning milliy
ruhiyatimiz bilan chambarchas bog‗liqligidadir. Holbuki, ―Alpomish‖
millat uchun
faqat o‗tmish emas, hozir va kelajak hamdir. U- barcha badiiy buyuk asarlar singari
abadiyatga daxldor. Shuning uchun asarni o‗qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni tadqiq etish adabiyotshunosligimizning kechiktirib
bo‗lmas masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: