Unimate
nomli sanoat roboti ishga tushadi.
Alan Tyuring
11-DARS
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
75
1965-yilda Jozef Vayzenbaum ingliz tilida muloqot qila olish
qobiliyatiga ega “Eliza” dasturini yaratadi. Dastur bir kishi bilan
o‘zaro yozma muloqot olib borish imkoniyatiga ega edi. XX
asrning 70-yillarida AQSHda “Shakey”, Yaponiyada “Wabot-1”
nomli insonga o‘xshash robotlar yaratildi.
Rollo Karpenter 1990-yilda Aqliybot (Clearbot)ni yaratadi.
Mazkur chatbot insonlar bilan turli ko‘ngilochar mavzularda suhbatlasha olgan. Bu jarayon
sun‘iy intellekt (SI)da qo‘llaniluvchi tabiiy tilni qayta ishlash (Natural languages procressing)
orqali nutqni tanish va unga javob berish sohasida qo‘lga kiritilgan katta yutuq sifatida e’tirof
etildi.
1995-yilda ALICE (Artificial Linguistic Internet Computer Entity) chatboti yaratildi hamda
birinchi bor kompyuter va inson o‘rtasida ovozli muloqot amalga oshirildi. Bu esa sun’iy
intellektga asoslangan gumanoid robotlarining keng ko‘lamda ishlab chiqarilishiga turtki
bo‘ldi.
IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Deep Blue aqliy kompyuteri 1997-yilda shaxmat
bo‘yicha jahon chempionini mag‘lub etib, aqliy jihatdan insondan ustun kelgan birinchi sun’iy
intellekt sifatida tarixga kirdi.
2000-yilda Honda korporatsiyasi “ASIMO” nomli gumanoid robotni namoyish
etdi. Robot inson gavdasi shakliga ega bo‘lib, harakat va muloqotning
ma‘lum elementlarini amalga oshirar edi.
2009-yilda Google tomonidan haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarildi.
2011-yilda IBM tomonidan ishlab chiqilgan, savollarga tabiiy tilda javob
beruvchi “Watson” nomli kompyuter bilim borasida insondan ustun keldi.
Bu esa sun’iy intellektning bilim olish qobiliyati
cheksiz ekanligini yana bir bor isbotladi.
2011-yilda Apple, 2014-yilda esa Microsoft va Amazon
kompaniyalari o‘zlarining ovozli yordamchilari (chatbot)ni taqdim
etdi.
2012-yilda surat orqali inson tashqi qiyofasini xaritalovchi sun’iy
intellekt texnologiyasi yaratildi.
Sun’iy intellektning bu tarzda keskin rivojlanishining salbiy tomonlari ham mavjud edi.
Jumladan, inson aralashuvisiz sun’iy intellekt asosida harakatlanadigan qurollar insonlar
hayotiga xavf solishi ma‘lum bo‘ldi. Shu boisdan, 2015-yilda Ilon Mask, Stiven Xoking va Stiv
|