I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
323
“Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” yo‘riqnomasi
bilan tanishib chiqing;
“Xizmatdan foydalanish” tugmachasi orqali xizmatdan foydalanish uchun:
a) ariza beruvchi o‘z telefon raqamini kiritadi;
b) ariza beruvchi parolini o‘rnatаdi (parol kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lishi,
raqam
va harflarni o‘z ichiga olishi lozim);
d) telefonda ko‘rsatilgan raqamga maxsus kod yuboriladi,
u tegishli maydonga
kiritiladi;
e) ariza beruvchi anketani to‘ldiradi va vakolatli organga yuboradi.
Eslatma:
Hali o‘rta ta’limni tamomlamaganingiz uchun siz bu xizmatdan foydalana
olmaysiz!
2.
“Barcha xizmatlar” bo‘limidan “Ma’lumotnomalar”
xizmat turini, ochilgan ro‘yxatdan
esa “Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish” identifikatorini tanlang;
“Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish” yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing;
“Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing va
xizmatdan foydalanish uchun
so‘ralgan anketa savollariga to‘g‘ri va aniq
javo
blarni kiriting;
hamma savollarga javob berilgandan so‘ng “Yuborish” tugmachasini bosing. Bu
xizmat to‘lovlidir. To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, ariza keyingi bosqichga
o‘tadi.Davlat xizmatlari agentligining viloyat hududiy boshqarmasi fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish avtomatlashtirilgan tizimiga so‘rov yuboriladi va to‘lovni
amalga oshirganingizdan so‘ng, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz
PDF formatida
ekranda ko‘rsatiladi. Endi siz ushbu sertifikatni chop etishingiz yoki istalgan elektron
shaklda so‘rov yuborgan har qanday muassasaga topshirishingiz mumkin.