Savdo turlari
Afzallaiklari
Kamchiliklari
Elektron tijorat
An’anaviy savdo
Mahsulot turlari
Internet-do‘kon nomlari
Oziq-ovqat savdosi
Kiyim-kechak savdosi
Texnika savdosi
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
330
67-dars. BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI
Satoshi Nakamoto,
bitcoin asoschisi
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Blokchain
– muayyan qoidalarga muvofiq tuzilgan va axborotni o‘z
ichiga olgan bloklar uzluksiz ketma-ket zanjiri. Blok zanjirlarining
nusxalari mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi.
Bitcoin (bitkoin)
atamasi inglizcha
bit
– ikkilik sanoq tizimidagi
informatsiya birligi va
coin
– tanga so‘zlarining qisqartmasidan
iborat.
Tranzaksiya
(ingl.
transaction
) – blockcheynda ma’lumotlarni
saqlash operatsiyasi.
Blokcheyn texnologiyasi butun dunyoda ommalashib bormoqda. Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda
paydo bo‘lgan texnologiyalardan biridir. Bu texnologiya bugungi kunda eng xavfsiz, qulay va
ishonchli texnologiya hisoblanadi. Blokcheyn atamasi birinchi marta 1991-yilda tadqiqotchilar
guruhi tomonidan tasvirlangan va dastlab raqamli hujjatlarni belgilash uchun mo‘ljallangan
ma’lumotni o‘z ichiga olgan.
Hozirda sog‘liqni saqlash tizimi, FXDY, turizm, elektron tijorat va moliya, bank to‘lov tizimlari,
soliq tizimi, yer resurslarini ro‘yxatga oluvchi kadastr tizimi kabi bir qancha sohalarda
blokcheyn texnologiyasidan foydalanib kelinmoqda. Shaffoflik ta’minlanishi muhim bo‘lgan
sohalarda blokchain texnologiyasidan foydalanish yuqori samara beradi.
Blockcheyn atamasi ikkita elementdan iborat: inglizcha
block
– blok va
chain –
zanjir.
Blok
kriptografik shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘lsa, blokchain
ketma-ket ulangan
zanjir ko‘rinishidagi bloklar ro‘yxati yoki bloklarga taqsimlangan ma’lumotlar bazasi
hisoblanadi. Bloklar zanjiri kriptografiya, raqamli imzo va xesh funksiyalar yordamida
shakllantirilgan strukturaga ega. Zanjirning har bir bloki o‘zida undan avvalgi blok haqidagi
ma’lumotni saqlaydi. Tranzaksiya natijasida zanjirdagi bloklar ko‘payib boradi, ya’ni mavjud
bloklar zanjiriga yangi blok qo‘shilib boradi. Blokchain texnologiyasi asosida saqlanadigan
ma’lumotlar xavfsiz va shaffof bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bazasidan blokni o‘chirish yoki
almashtirish mumkin emas.
Demak, blokcheyn bilan batafsilroq tanishamiz.
Tasavvur qiling, Hamid va Umar – boshqa-boshqa davlatlarda yashaydigan biznes hamkorlar.
Hamid Umarga 2000$ miqdoridagi pulni jo‘natishi lozim. Pul o‘tkazmasini amalga oshirish
uchun “Western Union”, “Contact”, “Unistream”, “Moneygram” kabi tizimlar yoki biror bank
kabi 3-ishonchli tomon kerak. Hamid o‘zi yashab turgan shahardagi 3-tomon bo‘linmasiga
|