I BOB.
MA’LUMOTLARNI SO‘ROVLAR YORDAMIDA SARALASH
44
7-dars. MA’LUMOTLARNI SO‘ROVLAR
YORDAMIDA SARALASH
Ma’lumotlarini tez va samarali tahlil qilish qobiliyati relyatsion ma’lumotlar bazasining kuchli
tomoni hisoblanadi. So‘rovlar ma’lumotlarni kiritilgan qidiruv shartlari asosida bir yoki bir
nechta jadvaldan olish imkonini beradi.
So‘rov xuddi ma’lumotlar bazasiga savol berishga o‘xshaydi. Access dasturida so‘rov yaratish,
kerakli ma’lumotlarni topish uchun aniq qidiruv shartlari talab etiladi.
So‘rovlar jadvaldagi ma’lumotlarni topish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan oddiy qidiruv
yoki filtrlardan ancha kuchli hisoblanadi.
Microsoft Access dasturida so‘rovlar yaratishning bir qancha usuli mavjud. Demak,
ma’lumotlarni oddiy so‘rovlar, ko‘p jadvalli so‘rovlar yordamida saralashga kirishamiz.
Oddiy so‘rovlar, odatda, bitta jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilish yoki saralashda
qo‘llaniladi. Masalan, kutubxona xodimi kutubxonada O‘tkir Hoshimovning qancha kitobi
bor ekanligini bilish yoki birorta nashriyot bosmaxonasidan chiqqan kitoblar haqida
ma’lumot olish uchun oddiy so‘rovlardan foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasida oddiy so‘rovlar quyidagicha yaratiladi:
1) so‘rov yaratishda dastlab bizga qanday ma’lumotlar kerakligini aniqlab olishimiz lozim
(deylik, kutubxonada mavjud O‘tkir Hoshimov va Chingiz Aytmatov qalamiga mansub kitoblar
haqida ma’lumotlarni saralash uchun so‘rov yaratmoqchimiz);
2) Access dasturida “Maktab kutubxonasi” ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi. Bazada bir
nechta jadval mavjudligiga ishonch hosil qilinadi;
3) “Создание” panelidan
Dostları ilə paylaş: