I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT XUSUSIYATLARI
84
1-qadam.
Dasturni ishga tushiring.
Dastur oynasidan joy
olgan asosiy tugmachalar vazifalari:
1) Shazam dasturidan foydalanish jarayonida tinglagan
musiqalar alohida Library
(1)
bo‘limida saqlanadi. Bu esa
qidirilgan musiqalardan keyinchalik takror foydalanish
imkoniyatini beradi;
2)
Charts
(2)
tugmachasi yordamida musiqalar reytingi
e’lon qilinuvchi oynaga o‘tiladi. Reytinglar har 7 kunda
yangilanib turadi. Eng ko‘p
qidirilgan musiqalarning
jahon, mamlakat yoki yirik shaharlar uchun alohida
reytinglari shu bo‘limda shakllantiriladi;
3) Shazam
(3)
tugmachasi musiqaning qisqa (ko‘pi
bilan
10 sekund) ovozi yordamida musiqaning to‘liq variantini
topib beradi;
4) musiqa yoki muallif
nomini qidiruv tugmachasi
(4)
ni
bosgan holda ularni matnli qidiruv oynasidan topish mumkin.
2-qadam.
Radio yoki qisqa videolavhada eshitgan musiqangizga mobil telefoningizni
yaqinroq
tuting va Shazam
(3)
tugmachasini bir marta bosing.
3-qadam.
So‘ngra ko‘pi bilan 10 sekund davomida mobil
telefoningizni musiqa yangrayotgan qurilmadan uzoqlashtirmang.
Shazam musiqa chastotasini aniqlaydi va o‘z ma‘lumotlar
bazasidan mos chastotani qidiradi
Dostları ilə paylaş: