Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021


III BOB.  INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA



Yüklə 24,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/112
tarix14.10.2023
ölçüsü24,61 Mb.
#155560
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Informatika 6-sinf UZ

III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
104
Mualliflik huquqi litsenziyalari
Har bir muallif o‘z mualliflik huquqlarini e’lon qilish uchun mualliflik huquqi litsenziyalaridan 
foydalanishi mumkin.
Creative Commons litsenziyasi to‘rt xil elementdan tarkib topgan bo‘lib, ular quyidagicha 
izohlanadi:
Copyright litsenziyasi
(©) – mualliflik huquqi egasining ismi (yoki sarlavha) va 
asarning birinchi nashr etilgan yilidan iborat.

 muallifi ko‘rsatilgan holda (Attribution):
asarning mualliflik huquqi saqlangan holda 
undan nusxa olish, tarqatish, ishlatish, qayta ishlashga ruxsat beriladi;
– 
hech qanday o‘zgartirish kiritmagan holda (No Derivative Works):
asar o‘zgartirilmagan 
holda undan nusxa olinishi, tarqatilishi, foydalanilishiga ruxsat beriladi. Agar kimdir 
asarni o‘zgartirishni yoki qayta ishlashni xohlasa, u holda bunga muallif ruxsatini olishi 
lozim;
– 
shartlarga amal qilgan holda (Share Alike):
asarning qayta ishlangan, 
takomillashtirilgan versiyasini faqat muallifning original asari uchun olingan litsenziyasi 
asosidagina tarqatilishiga ruxsat beriladi;

 notijorat maqsadlarda (Non-Commercial): 
asardan notijorat maqsadlarda nusxa 
ko‘chirish, tarqatish, foydalanish, qayta ishlashga ruxsat beriladi. Agar foydalanuvchi 
undan tijorat maqsadida foydalanmoqchi bo‘lsa, u holda muallifga murojaat etishi 
zarur.
Creative Commons 
(CC) tashkiloti AQSHda 2001-yilda mualliflik huquqlari uchun 
kurash olib borgan taniqli professorlar Lourens Lessig, Xel Abelson va Erik Eldredlar 
tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mualliflik huquqlarini himoya qiluvchi bepul 
litsenziyalarni taqdim etadi. Tashkilot tomonidan e’lon qilingan olti turdagi litsenziya 
butun dunyo axborot yetkazuvchilariga o‘z materiallarini turli usullar yordamida 
himoya qilish imkonini beradi.


105

Yüklə 24,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin