Va innovatsiyalar vazirligi angren universiteti mustaqil ish



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.07.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137469
1   2   3   4
Sug\'urta faoliyatida raqamlashtirish texnologiyalari

 
2. 
Sug’urta biznesi iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida 
bir tomondan ijtimoiy kafolatni ta‘minlasa, ikkinchi tomondan, 
shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug’urta 
risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub‘ektlari manfaatlarining 
himoyasini ham o’z zimmasiga oladi. Sug’urta biznes muhitini 
avtomatlashtirish juda murakkab jarayon bo’lib, bu holat jarayon 
ishtirokchilarining ko’pligi, shuningdek sug’urta mahsulotlarining 
xilma-xilligi va biznes yuritishning korporativ standartlari bilan bog’liq. 
Sug’urta jarayoni ishtirokchilarning o’nlab toifalarini o’z ichiga oladi - 
sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar, sotuvchilar (agentlar, brokerlar, 
boshqa vositachilar), anderrayterlar, qayta sug’urtalovchilar, sug’urta 
da‘volarini qondiruvchilar, buxgalterlar, rejalashtiruvchilar, menejerlar. 
Ushbu toifalarning har biri o’z ierarxik tuzilishiga ham ega bo’lishi 
mumkin. 
Barcha 
ishtirokchilar 
bir-birlari 
bilan 
ko’pincha 
kompaniyaning korporativ standartlariga bog’liq bo’lgan biznes-
jarayonlarda birlashadilar. Bunda sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchi 
o’rtasidagi munosabatlar sug’urta mahsulotlari orqali aniqlanadi, 


ularning har biri o’z navbatida sug’urta ob‘ektlari, xatarlari, qoidalari va 
atributlari to’plamidan iborat bo’ladi. 
Hozirgi raqobat bosqichida har qanday tashkilotning biznes 
jarayonlarini 
optimallashtirish 
vositalaridan 
biri 
bu 
ularning 
raqamlashtirilishi hisoblanadi. Raqamlashtirish biznes jarayonlarini 
tubdan o’zgartiradi va optimallashtiradi. Bu kompaniya samaradorligi 
ortishiga va mijozlar tajribasining yanada mukammallashishiga olib 
keladi. Sug’urta kompaniyasining biznes jarayonlari asosiy va 
ta‘minlanadigan jarayonlarga bo’linadi. Sug’urta kompaniyasining 
asosiy biznes jarayonlari bo’lib marketing, sug’urta mahsulotlarini 
ishlab chiqish, sug’urta mahsulotlarini sotish, anderrayting, sug’urta 
xizmatlari, sug’urta da‘volarini qondirish hisoblanadi. 
Sug’urta biznesi mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy 
munosabatlar tizimida muhim o’rin tutadi. U moliya, kredit kabi 
iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas bog’liqdir. Moliya yalpi ichki 
mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan 
maqsadli pul fondlarining shakllanishi va undan foydalanish bilan 
bog’liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit – aholi, korxona va 
tashkilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni jalb etish 
va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. 
Sug’urta oldindan ko’rib bo’lmaydigan tabiiy, stixiyali hodisalar ro’y 


berishi natijasida ko’riladigan zararlarni qoplash bilan bog’liq maqsadli 
pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy 
munosabatlar yig’indisidir. 
Ma‘lumki, sug’urta biznesida sug’urta kompaniyasi belgilangan 
to’lov (sug’urta mukofoti) evaziga o’z mijozining risklarini qabul qiladi. 
Sug’urta kompaniyasi mijoz o’zida saqlab tura olmaydigan risklarni 
sug’urtaga qabul qiladi, chunki u risklarni umumlashtirish tamoyilidan 
foydalanadi. Misol tariqasida, bir yil muddatga vafot etishdan 
sug’urtalashni olib qaraydigan bo’lsak, sug’urta kompaniyasi biladiki, 
sug’urtalanganlar soni qanchalik ko’p bo’lsa, ularga nisbatan sug’urta 
davri mobaynida vafot etadiganlar soni kam bo’ladi. Bunday natijani har 
qanday ehtimollar nazariyasi qonuniyati ham tasdiqlaydi. Bu 
sug’urtalanuvchidan kam miqdordagi sug’urta mukofotini olish bilan 
katta javobgarlikni zimmaga olish imkoniyatini beradi. Xususan, 
sug’urta kompaniyalari o’z zimmasiga olayotgan barcha majburiyatlar 
ularning moliyaviy asosiga, ya‘ni to’lov qobiliyatiga muvofiq kelishi 
lozim. Sug’urtalovchilarning to’lov qobiliyatini esa aynan ular uchun 
belgilangan minimal ustav kapitali miqdorlari belgilaydi. Ma‘lumki, 
kompaniyalarga belgilangan ustav kapitalining minimal miqdorlari 
muntazam ravishda oshirib boriladi, bu esa sug’urtalash ko’lamining 
kengayishini ta‘minlaydi 
3. 
AKT yordamida faoliyatni amalga oshirishda kompaniyaning 
axborot xavfsizligini ta‘minlash zarur, ushbu faoliyat muayyan tartibda 
amalga oshirilishi mumkin. Kompaniya axborot xavfsizligi siyosatiga 
ega bo’lishi va ushbu siyosat bilan barcha xodimlar tanish bo’lishi zarur, 
ushbu siyosat himoya qilinishi zarur bo’lgan ma‘lumotlar, jarayonlar va 
himoya qilish vositalari, vakolat darajalari hamda himoya qilish 
tartiblari haqidagi batafsil tavsifni o’z ichiga olishi shart. Axborot tizimi 
xavfsizligini amalga oshirishda uning quyidagi yo’nalishlar bo’yicha 
himoyasini amalga oshirish zarur: 
axborot tizimi ob‘ektlari himoyasi, ularni qayta ishlash jarayonlari, 
amallari va dasturlari himoyasi; 


aloqa kanallari (akustik, kabelli, radiokanalli va boshqalar) himoyasi; 
himoya tizimi boshqaruvi himoyasi.
Har bir yo’nalish himoyasini amalga oshirish uchun quyidagilarni 
bajarish lozim: himoya qilinishi zarur bo’lgan axborot resurslarni va 
axborot oqimi ehtimoli mavjud bo’lgan kanallarni aniqlash; mavjud 
bo’lishi mumkin bo’lgan axborot oqimi xavflarini baholash; himoya 
tizimiga bo’lgan talablarni o’rganish va shakllantirish; 
axborot himoyasi vositalarini tanlash; himoya tizimi butunligini va 
boshqaruvini nazorat qilishni ta‘minlash. Kompaniya axborot xavfsizligi 
nazorati quyidagilarni o’z ichiga olishi zarur: axborotlarni ehtiyotlash, 
ya‘ni ulardan foydalanuvchi xodimlar doirasini qisqartirish; litsenziyali 
antivirusdan foydalanishni ta‘minlash; elektron pochta xavfsizligini 
ta‘minlash, korxona elektron pochtadan foydalanish tartiblarini 
o’rnatish; parollardan foydalanish siyosatini yo’lga qo’yish va server 
xavfsizligini ta‘minlash; korxona axborot bazalari va tizimlari 
xavfsizligini ta‘minlash; axborot xavfsizligi siyosatini yaratish. 
Sug’urta 
kompaniyalari 
faoliyatida 
axborot 
xavfsizligini 
ta‘minlashda quyidagi jihatlarga jiddiy e‘tibor qaratish lozim: 
Kompaniya axborot xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqish lozim. 
Ushbu siyosat bilan har bir xodimni tanishtirish, unda o’yinlar o’ynash, 
fleshka va disklardan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy 
maqsadda foydalanishni ta‘qiqlash maqsadga muvofiq. 
Kompaniyada axborot xavfsizligi tizimini joriy etish va bunda 
ishonchli mutaxassislar xizmatidan foydalanish lozim. Maxfiy hujjatlar 
foydalanuvchilari rasmiy holatda belgilanadi va ushbu hujjatlar bilan 
ishlovchi xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Antivirus 
dasturlari kompyuterni virusdan himoyalaydi va shuning uchun uning 
tezligini biroz kamaytiradi. Ba‘zilar shu sababli antivirus dasturlaridan 
foydalanmaydilar. Bu juda ham katta xatodir, chunki bu holda 
kompyuterdagi ma‘lumotlarni yo’qotish yoki zararlanish holatiga duch 
kelish mumkin. Shuning uchun antivirus dasturidan ehtiyotkorlik va 
xavfsizlikni ta‘minlash uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Antivirus dasturlari korxonaning barcha kompyuterlariga o’rnatilishi 
zarur, antivirus dasturlarining bir necha kompyuterlarga o’rnatiluvchi 
turlari ham mavjud bo’lib, ularni muntazam ravishda yangilash zarur. 


Odatda dasturning yangi shakli yangi imkoniyatlarga ega bo’ladi va 
kamchiliklarni hisobga oladi, ya‘ni dastur doimo rivojlanish jarayonida 
bo’ladi. Shuning uchun dasturlarning yangi shakllari haqidagi 
yangiliklardan xabardor bo’lmoq zarur. 
Boshqa ofis yoki jamoa joylaridagi kompyuterda elektron pochta 
yoki boshqa xizmatlardan foydalanmaslik zarur, foydalanilgan taqdirda 
ham maxfiy ma‘lumotlar xavfsizligini ta‘minlashga alohida e‘tibor 
qaratmoq lozim. Bunda ―soxranit parol‖ maydonini tekshirish va 
mavjud belgini o’chirishni unutmaslik lozim. Aks holda, begonalar 
kompaniya maxfiy ma‘lumotlaridan foydalanib, korxona nomidan 
xaridorlarga hujjatlar yoki zararli xatlar yuborishi, muloqot qilishi, 
buyurtmalar yoki talabnomalar yo’llashi mumkin. 
Muntazam ravishda kompaniya axboroti xavfsizligini tekshirib 
borish lozim. Ayrim hollarda ushbu xizmatlar provayderlarga yoki 
mutaxassislarga shartnoma asosida yuklanadi. Bunda kompaniya ularga 
ma‘lumotlarni tekshirish, uning axborot tizimiga kirishga ruxsat berishi 
zarur bo’ladi. Bunda axborotlarning xavfsizligi, tizim xavfsizligi va 
xodimlarning faoliyati nazorat qilinadi. Kompaniyaning barcha 
xodimlari mas‘uliyatni his etgan holda axborot xavfsizligi qoidalariga 
rioya etishi zarur hamda ushbu qoidalarga amal qilishini tekshirishga 
mas‘ul xodim belgilash shart. Muntazam ravishda internetning yangi 
imkoniyatlari bo’yicha forumlar olib borish va unda barcha 
xodimlarning 
ishtirok 
etishini 
ta‘minlash 
zarur. 
Internet 
imkoniyatlaridan foydalanish va axborot xavfsizligi xususida xodimlar 
uchun 
muntazam 
ravishda 
treninglar 
tashkil 
etish 
sug’urta 
xizmatlarining keng qamrovini ta‘minlaydi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin