Xorij
amaliyotida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida sug’urta
faoliyatining iqtisodiyotdagi o’rni yanada muhim ahamiyatga ega bo’lib
bormoqda. Buni ro’yobga chiqarishning asosiy vositasi faoliyatga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdan iborat
bo’ladi. Aynan ishonchli va dolzarb axborotlarga ega bo’lish, uni
to’plash, qayta shakllantirish va ulardan samarali foydalanish har qanday
korxona, tashkilot, muassasalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining
asosi bo’lib xizmat qiladi. Demak, sug’urta bozorining istiqboldagi
rivojlanishi va ijobiy dinamikasi ko’p jihatdan sug’urta biznesini
yuritishda AKTdan foydalanishni takomillashtirilishga bog’liq bo’ladi.
Masalaning bunday qo’yilishi, ya‘ni sug’urta biznesini boshqarishda
AKTdan foydalanishni takomillashtirish zarurligi, iqtisodiyotning asosiy
uslubiyot tamoyillari va amaliy yo’nalishlari axborot tizimlariga
bog’liqligini ko’zda tutadi. Shuning uchun, sug’urta biznesida axborot
mahsulotlari
tushunchasi
va
xususiyatlari
mazkur
sohani
axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Sug’urta kompaniyasi faoliyatida asosiy jarayon va funksiyalarni
avtomatlashtirish nafaqat xodimning mehnat unumdorligini oshirishi,
balki malakali mutaxassislarning asosiy vazifalari bilan ko’proq
shug’ullanishiga, biznesning keyingi rivojlanishi yo’lida marketing
vositalarini har tomonlama joriy qilib borishiga ham zaruriy
shartsharoitlarni yaratadi. Sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchi
o’rtasidagi ug’urta shartnomasini tuzish yo’li bilan rasmiylashtirilib,
shartnomalar
tuzishning
asosiy
sharti,
tomonlarning
risklarni
sug’urtalash bo’yicha moliyaviy shartlar haqidagi kelishuvga erishishi
hisoblanadi.
Sug’urtaning
moliyaviy
parametrlariga
sug’urta
mukofotlari, sug’urta tarifi, sug’urta summasi, franshiza va shu kabi
tushunchalarni kiritish mumkin. Bu tushunchalar ayni paytda, sug’urta
faoliyati axborot tizimini uslubiy jihatdan ishlab chiqishda asos bo’ladi.
Umumiy holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali
joriy etish jahon amaliyotidan kelib chiqib, hozirgi kunda sug’urta
biznesini zamonaviy usulda axborotlashtirishni quyidagi ko’rinishda
shakllantirishi mumkin:
- asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun axborot tizimi
majmuasini (ERP - tizimlar) joriy qilish; - mijozlar bilan o’zaro
munosabatlarni boshqarish tizimlarini joriy qilish (SRM - tizimlar va
Business Intelligence);
- internet-sug’urta.
Sug’urta qiluvchilar o’rtasida polislarni ro’yxatga olish,
sug’urtalash va qayta sug’urtalash shartnomalarini yuritish, brokerlik va
agentlik shartnomalarini yuritish, buxgalterlik va xodimlar ro’yxati
funksiyalari kabi sug’urta faoliyatining to’liq to’plamini o’z ichiga
oluvchi ERP - tizimlar zamon talablaridan kelib chiqqan holda
qo’llanilmoqda. ERP - tizimlari har qanday sug’urta kompaniyasining
sug’urta shartnomalari, risklar, mukofotlar, to’lovlar hamda kelgusida
kompaniyaning statistik va iqtisodiy hisob-kitoblari uchun zarur bo’lgan
boshqa axborotlar haqidagi boshlang’ich ma‘lumotlarni to’plab borish
maqsadida keng joriy qilinadi.
Bu tizim ma‘lumotnoma, klassifikatorlarni tuzish, sug’urta
shartnomasi va polislarini yuritish, qayta sug’urtalash shartnomalarini
yuritish, shartnomalarning asosiy ko’rsatkichlarini kiritish yoki hisob-
kitob
qilish,
barcha
shartnomalar
bo’yicha
hisob-kitoblarni
avtomatlashtirish funksiyalarini tarkib toptirish va buxgalterlik, sug’urta
hamda qayta sug’urtalash bloklari o’rtasida ikki tomonlama axborot
ayirboshlash tizimlari mavjudligini e‘tiborga oladi. Mijozlarga
xizmatlarni AKT orqali sotishga imkon beruvchi telemarketing (telefon
orqali savdo) ham ERP-tizimlariga taalluqli bo’lib, call-center
zamonaviy texnologiyalari sug’urta qiluvchilarga barcha mijozlar bilan
xabarlashib chiqish jarayonidagi inson resurslarining yetishmasligi
muammolaridan xalos qiladi, chunki bu texnologiyada barcha ishlar
avtomat tarzda amalga oshiriladi. Sug’urta kompaniyalari sug’urta
mahsulotlarini sotib olish vaqtini qisqartirish uchun sug’urta
mukofotlarini hisob-kitob qilish va polislardan ko’chirma qilish
jarayonlarini
avtomatlashtiruvchi
modullashgan
hisob-kitob
dasturlaridan foydalanishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sug’urta xizmatlari iste‘molchilariga xizmat ko’rsatish sohasida
aynan zamonaviy AKTlarning joriy qilinishi raqobatchilar bilan
kurashda
qo’shimcha
ustunliklarni
beradi.
SRM-strategiyalari
mijozlarga xizmat ko’rsatish, savdo va marketing sohasidagi biznes
jarayonlarni
avtomatlashtirish
hamda
takomillashtirishga
imkon
beruvchi maxsus texnologiyalar va dasturiy ta‘minot to’plami
yordamida amalga oshiriladi.
Bu esa kompaniyalarga, xizmatlar buyurtmachilariga eng maqbul vaqt
mobaynida, eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvchi
takliflar kiritish imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro sug’urta bozorida ko’plab sug’urta axborot tizimlari
mahsulotlari taklif qilinib, ularni qisqacha tahlil qilib chiqamiz.
Rossiyaning sug’urta sohasi uchun axborot tizimlarini yetkazib beruvchi
yetakchi
TopFinSystems
(TFS)
kompaniyasining
mahsulotlari
tarkiblashtirilgan majmuaviy mahsulotlarni taqdim etadi:
– xodimlari soni 100-140 mutaxassisdan iborat kichik va dinamik
rivojlanib borayotgan kompaniyalar sotib olishi va joriy qilishlari
maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar:
– sotish bilan shug’ullanuvchi bo’linmalarning samarali ishlashi,
shuningdek, sug’urta faoliyatining asosiy biznes jarayonlarini amalga
oshirish bilan shug’ullanuvchi bo’linmalar uchun zarur bo’lgan to’liq
funksionalli ―Galaktika-straxovanie ro’yxatga olish tizimi;
– buxgalteriya va moliyaviy ro’yxatga olish masalalarini yechish,
shuningdek,
xodimlarni
boshqarish
uchun-Galaktika-Progress
tarkibidagi maxsus ―Galaktika ERR tizimi.
Xodimlari soni 200-300 mutaxassislardan iborat bo’lgan yetarli darajada
mijozlarga ega o’rta hajmdagi kompaniyalar sotib olishlari va joriy
qilishlari maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar:
– kompaniya tarkibidagi barcha bo’linmalar samarali ishlashini
ta‘minlash uchun to’liq modullar to’plamiga ega to’liq funksionalli
Galaktika-straxovanie‖ ro’yxatga olish tizimi;
– to’liq modullar to’plami va kompaniyaning bek-ofis bo’linmalarini
samarali ishlashini ta‘minlovchi litsenziyalarga ega ―Galaktika ERR
tizimi;―Galaktika-straxovanie‖ tizimiga birlashtiriladigan mijozlar bilan
samarali o’zaro hamkorlikni ta‘minlash uchun CRM – tizimi
Sug’urta kompaniyalari va banklar uchun dasturiy ta‘minot
yetkazib beruvchi Avstriyaning mashhur FirstlnEx Internet Services AG
kompaniyasining Connect Insurance axborot tizimi mijozlarga xizmat
ko’‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu tizim
sug‘urta kompaniyasiga ―timeto market‖ – yangi sug‘urta mahsuloti
to’‘g’‘risidagi g’‘oyani paydo bo‘lishidan boshlab, to uni bozorga olib
chiqishgacha bo’‘lgan tamoyilli jarayonlar bo’‘yicha va kompaniyadagi
mavjud AT tuzilishini o’‘zgartirmasdan turib mahsulotlar sotish tizimini
modernizatsiya qilish imkonini beradi.
AQSHda barcha moliyaviy internet-xizmatlarda bo’‘lgani kabi internet-
sug’‘urta bozori ham birinchi bo’‘lib yo’‘lga qo’‘yildi. Hozirgi kunda
internetda o’z vakolatxonalarini ochgan ko‘plab amerika sug’‘urta
kompaniyalari sug’‘urta polislarini sotib olish va xizmat ko’‘rsatish
uchun zarur bo’‘lgan barcha xizmatlarni ko’‘rsatadi. Mijoz internetda
on-layn maslahat, yoritib berilgan xizmatlar turidan kelib chiqqan holda
sug‘urta mahsulotlarini tanlashi mumkin. Shundan s’‘ng sug’‘urta
mukofotlarini hisoblash va sug‘urta shartnomasini tuzish uchun veb-
shakllarni to’‘ldirish zarur bo’‘ladi.
Amerika sug’urta bozorida sug’urta portallari o’ziga xos ahamiyatga ega
bo’lib, odatda tarmoq ma‘lumot resurslari yirik sug’urta kompaniyalari
axborotlarini taqdim etadi. Tashrif buyuruvchilar internet-portal
saytlaridan sug’urta kompaniyasining individual sayti kabi bevosita
internet orqali sug’urta polislarini sotib olishlari mumkin. AQSHda
yuzlab sug’urta portallari mavjud bo’lib, har birida 20-40 sug’urta
kompaniyalari ishtirok etadi. Har oyda sug’urta portallariga 150-200
milliondan ortiq tashriflar bo’lib, ma‘lumotlar bazasida 700 mln.dan
ortiq foydalanuvchilar bor. Shu bilan birga individual tarzda internet-
sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi sug’urta kompaniyalari ham samarali
faoliyat olib boradi. Sug’urta kompaniyalari BI mahsulotidan
foydalanishlari bilan sug’urta biznesini yuritishda manfaatli mijozlarni
saralab olish, o’zaro samarali hamkorlikning barcha bo’g’inlarida
qanday
mijozlarning
ustuvorligi,
mijozlarni
segmentlashtirish,
yo’qotishlarni tahlil qilish, mos kelishlikni tahlil qilish, maqsadli
marketingdan foydalanish, kompaniya faoliyatini tahlil qilish kabi bir
qator imkoniyatlarga ega bo’ladi.
|