Sulolalar tarixi bo‘yicha manbalar va faktlar. O‘rta Osiyoda nasab
daftarlariga xo‘jalar, sayyidlar va boshqalar ega bo‘lib, bu hujjatlar ularning
payg‘ambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini ko‘rsatuvchi
dalil sifatida, shuningdek soliq to‘lash, xalq hasharlariga chiqish va b. ishlarda
alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bo‘lish uchun
xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxsning siyosiy mavqeyi tufayli katta
mablag‘ evaziga va “guvohlar” ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va
ularning muhr bilan tasdiqlangan, keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarini
ko‘rib, tasdiqlab beraverishgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston tarixida sulolar juda ko‘p bo‘lib, ular chuqur
o‘rganish orqali o‘lka tarixini yanada yaxshiroq bilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Bu imkoniyatni amalga oshirish uchun geneologiya fani muhimdir. O‘zbekiston
tarixida eng ko‘p o‘rganiladigan mavzulardan biri Amir Temur va Temuriylar
davri bilan bo‘gliq bo‘lib, buyuk sarkardaning sulolasini o‘rganish natijasida bu
davlat tarixini, uning asoslarini yaxshiroq imkoni paydo bo‘ladi.
Tarixiy manbalarning bergan ma’lumotiga qaraganda, Amir Temur vafot
qilganda, uning xotinlaridan to‘rttasi – Saroy Mulk xonim, Tuman og‘o xonim,
Tukal xonim va Ruh Parvar og‘o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek,
Sharafuddin Ali Yazdiy va Fasih Xavofiyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Amir
Temur vafot qilgan vaqtda undan 2 o‘g‘il, 19 nevara va 15 chevara, jami 36
shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi – Sulton Baxt
begim va katta qizi – Og‘o begimdan tug‘ilgan o‘g‘il – Sulton Husayn Mirzo nomli
nevarasi ham bor edi. Bu ma’lumotlarni o‘quvchilarga jadval ko‘rinishida yoki
klaster usulida ko‘rsatib berish samarali hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temurning
to‘rt o‘g‘li va ikki qizi bo‘lgan. Katta o‘g‘li