Va kategoriyalar”



Yüklə 120,65 Kb.
səhifə10/14
tarix10.04.2023
ölçüsü120,65 Kb.
#95494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar(1)

Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib hisoblanadi. Sistema - grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma'nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan
birikma, degan ma'nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilishjarayonidagi sistemalashtirish, nazariy
faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga
keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob'ektiv qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadgamuvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya'ni, insonning ob'ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan
xarakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta'minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma'noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarningnisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligivamunosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiytuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan xolda, moddiy olamning ob'ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura»
va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta'minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya'ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning
funksional faoliyatini alohidatahlil qilishnitaqozo etadi.
Elementlarni sistemanitashkil qilishdagi strukturaviyahamiyatiga ko‘ra: muhim vamuhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va
ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, konkret makon va zamonda
sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya'ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma'lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha
bo‘lishimumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning
mazmunini, shaklini ochibberishdametodologik asos bo‘ladi.

Yüklə 120,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin