Mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘i
Mahalliy tarmoq elektr aloqaning xohlagan tarmoq ierarxiyasining eng kerakli darajasi bo‘lib, xalqaro va milliy tarmoqni bazaviy zvenosi hisoblanadi. Mahalliy tarmoq milliy tarmoqda bir necha o‘ntalikni tashkil qilishi mumkin. Uning to‘rt xil turi mavjud: viloyat markazining shaxar telekommunikatsiya tarmog‘i –ShTT VM; markazga bo‘ysinuvchi shaharlarning shahar telekommunikatsiya tarmog‘i – ShTT VS; qishloq ma’muriy tumanlarning qishloq telefon tarmog‘i –KTT; korxona lokal tarmoqlari. Shahar telekommunikatsiya tarmog‘ining bir necha qurilish uslublari mavjud: tumanlashmagan; tumanlashgan; kirish aloqasi tugunlari (KAT) bilan tumanlashgan, kirish aloqasi tuguni (KAT) va chiqish aloqasi tugunli (ChAT) bilan tumanlashgan; almashtirish usuli bilan; ustma-ust qurish usuli; transport halqasi hosil qilish usuli.
ShTT qaysi usulda qurilishi maxalliy tarmoqdagi abonetlar soniga, xudud o‘lchamlarga va abonentlarni unda joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar shahar hududi katta bo‘lmasa, abonentlar soni 8000 dan oshmasa, ShTT tumanlashmagan usulda quriladi. Bunda tarmoqda faqat bitta ATS o‘rnatiladi va hamma oxirgi terminallar shu ATS ulanadi.
Dostları ilə paylaş: |