Vaqtni boshqarish Endi Ish Bermaydi!
Energiyani Boshqarish!
Mana Nima Siz Uchun Muhim!
Vaqtni boshqarish - tez-tez muvaffaqiyatning eng katta omili hisoblanadi.
Insonlar aldandi. Ha, aldandi. Chunki, ular vaqtini va o’ylarini boshqarish, ularga
muvaffaqiyatli bo’lishda, samarador va aqlli bo’lishda
yordam beradi deb
o’ylashdi.
Ammo, bu yondashuv endi ish bermaydi. Vaqtni boshqarishning o’rniga endi,
insonlar o’z e’tiborini energiyani boshqarishga qaratishlari kerak. Siz ham. Bu
ma’lumotlar aniq sizning miyangizni portlatadi.
Sababi siz tez-tez insonlardan, ustozlaringizdan
yoki ijtimoiy tarmoqlardan
vaqtni boshqarish muvaffaqiyatga erishishning siri ekanligini eshitgansiz. Lekin,
bu noto’g’ri. Afsuski, shunday.
Sababi, barchasi quvvatga borib taqaladi. Energiyaga! Telefoningiz quvvatga
to’lgani uchun sizga kun bo’yi xizmat qiladi. Mashinangiz yoqilgisi borligi uchun
sizni istalgan joyga olib boradi. Siz ham energiyaga to’la
ekanligingiz sabab
yanada muvaffaqiyatliroq, boyroq, aqlliroq va shijoatliroq bo’lasiz.
Energiyani boshqarish: ruhiy, hissiy va jismoniy resurslaringizni boshqarishdir.
Agarda siz energiyangizni
samarali boshqarsangiz, siz kamroq siqilib, ko’proq
narsaga erishasiz.
Energiyangizni boshqarish uchun sizga hozir 3 ta juda ham foydali usulni aytib
beraman.
1. Energiyangizni ishlaringizni muhimligiga qarab taqsimlang.
Bu nima degani? Ishlaringizni ajratib oling: Qaysi
biri sizga juda katta foyda
keltiradi? Kuchingizni ana shu ishlarni bajarishga
sarflang. Energiyangizni shu ishlarga yo’naltiring. Hozir talaba bo’lsangiz,
kitob o’qish sizni hayotingizni o’zgartiradi.
Ana shunday ekan, siz ko’proq
energiyangizni kitob o’qishga sarflang. Biznesda ham shunday. Savdoyingizni
nima o’stiradi? Nima siz uchun yuqori daromad olib keladi?
Shu ishlarni
qiling.
1. Doimiy tanaffuslar olib turing.
Tanaffuslar bilan ishlash energiyani tiklashning eng samarali uslubi. Davomiy
tanaffuslar sizning miyangizni yangilaydi va tanangizni qayta quvvatlaydi.
Shunday ekan, charchadingizmi? Dam oling. Tabiatni aylaning. Tog’larga
sayohat qiling.
2. Yetarlicha uxlang!
Uxlash energiyani tiklangning eng muhim qismidir. Telefoningiz quvvati
tugaganda nima qilasiz? Albatta, uni quvvatlantirasiz. Inson quvvati uyqu.
Uyquni to’g’irlashingiz suv va havodek zarur. Kam uyqulik sizga quvvatsizlik,
diqqatingiz kamligi va samaradorli ishlay olmaslik
kabi bir qator jiddiy
muammolarni keltirib chiqaradi. Har kuni yetarlicha uxlaganingizga va
energiyangizni 100% tiklaganingizga e’tibor qarating!