Va psixologiya Kafedra nomi kafedrasida ilmiy ish bilan shug’ullanayotgan iqtidorli talaba Akbaraliyeva Zebiniso Sadriddin qizining



Yüklə 53,11 Kb.
səhifə9/11
tarix24.03.2023
ölçüsü53,11 Kb.
#89609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
237 2017

Mavzuning dolzarbligi. O`sib kelayotgan yosh avlodni ma`naviy kamoloti, ma`naviy dunyoqarash, o`tmish va kelajakka munosabati zamonaviy bilimlarni nechog`lik egallaganligi mamlakatning rivoji kuchi-qudrati va salohiyatini belgilaydi. Shunday ekan yoshlarni tarbiyalash ularni ma`naviy dunyoqarashini shakllantirish jamiyatning ma`rifatli kishisiga aylantirish umumdavlat va umumjaxon ahamiyatiga molik vazifadir. Yurtboshimiz bu haqida: ,,...komil inson – barkamol shaxs deganda biz albatta, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`la oladigan, bilimli, marifatli kishilarni tushunamiz” -deganlar.
Shuning uchun ham bugun O`zbekistonda ma`naviy barkamol avlodni har tamonlama shakllantirish ustuvor vazifalardan sanaladi.
Mamlakatning kelajagi xuquqiy davlat va fuqorolik jamiyatining rivojlanishi, ijtimoiy va siyosiy hayotni taraqqiy etishi jamiyatimizdagi milliy totuvlikni mavjudligi uning ertangi kuni va farovon hayot kechirish vazifalarni amalga oshirish jarayoni ham bevosita ma`naviyati yuksak, barkamol yoshlarni tarbiyalashga bog`liq.
Barkamol, yuksak ma`naviyatli yoshlar mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan kuch-quvvatga to`ldirib, harakatga keltiruvchi hamda uni yangilab turuvchi ijtimoiy kuchdir. Ma`naviy yetuk barkamol shaxsni shakllantirishda xalq ma`naviyatini shakllanishi, boy tarixiy merosimizni keng o`rganilishi milliy an`anlarimizni saqlash va umumbashriy qadryatlar sanalishi demokratiya, erkinlik, tenglik, adolat,qonuniyatlik kabi qadriyatlardan keng ko`lamda foydalanish samarali natija beradi. Zero barkamol shaxs- ertangi kunga jamiyat uchun har tomonlama komolga yetgan, iymon-etiqodli, rahm-shavqatli, vatanparvar, do`stlik, muhabbat, sabr-qanoat, samiymiylik, milliy g`urur kabi fazilatlarni o`zida mujassam qilgan avloddir. Shu bois ham globallashuv davrida yangicha insoniy yondashuv asosida barkamol shaxs tarbiyasidek ma`suliyatli vazifani amalga oshirish uchun uning ma`naviy dunyoqarashini takomillashtirish bilan birga ijtimoiy-siyosiy tarbiya masalasi ham muhum sanaladi. Bu tabiiyki, mazkur masalani pedagogik nuqtaiy nazardan tahlil etishni talab qilganligi bois ushbu mavzuni dolzarb deb hisobladik.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: ma`naviyat va axloqiy tarbiya masalalari, barkamol shax tarbiyasi, ijtimoiy-siyosiy tarbiya, siyosiy ma`daniyatini shakllantirish masalalari antik davr faylasuflari qarashlarida ham o`z ifodasini topgan. Ijtimoiy-siyosiy g`oyalar va nazariyalarni shakllanishida sharq mutafakkirlari asarlari beqiyos ahamiyatga ega. Al Xorazmiy, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy kabi allomalarni asarlari shular jumlasidandir. Ijtimoiy pedagogik g`oyalar yevropa va rus olimlari J.J.Russo, M.V.Lomonosov, I.G.Pestolotsilar tomonidan ham o`rganilgan.
Shuningdek, xalq pedagogikasi manbalarida, jumladan, diniy ta`limotlarda ham ijtimoiy-siyosiy qarashlar mavjuddir.
Ta`lim jarayonida yoshlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi M.Ochilov, J.Hoshimov, O.Musurmonova, M.Inomova, N.Egamberdiyeva, M.Qur`onovlar tomonidan tadqiq qilingan.
Barkamol shaxsni shakllantirishda ijtimoiy tarbiya masalalari M.A.Galaguzova, A.V.Mudrix, Y.V.Vasilonova, M.Quronov, M.Q.Egamberdiyeva, Z.Qurbonniyozova, M.Quronboyev, Sh.Sodiqova, F.Mustafoyevalar tomonidan ochib berilgan.

Yüklə 53,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin