Va qo’llash ishdan maqsad



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/4
tarix10.10.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#64810
  1   2   3   4
Informatika 1-mus ish


MATHCAD TIZIMLARINING AMALIY DASTURINING INTERFEYSINI O’RGANISH
VA QO’LLASH
Ishdan maqsad: Cad tizimining imkoniyatlari va vositalari bilan tanishish, ilmiy-texnik
masalalarni Mathcad tizimi yordamida yechish.
Topshiriqlar:
1. CAD dasturining asosiy imkoniyatlari bilan tanishing.
2. Mutaxasislik bo‘yicha texnik masala tanlang.
3. MathCAD dasturi vositalari yordamida masalaning analatik va grafik yechimlarini toping.
4. Laboratoriya ishining hisobotini tayyorlash.
Nazariy qism
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun birbirlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy,
yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Mathcad paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo‘lib, u professional matematiklar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida o‘zgaruvchi va o‘zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o‘z dasturlash tiliga ham ega. Cad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o‘xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so‘ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo‘yicha bir necha buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko‘rsatilgan (1- rasm):



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin