Va terrorizmga


Xorijiylikning kelib chiqishi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/66
tarix24.05.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#59250
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Xorijiylikning kelib chiqishi. Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya 
o‘rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishi­
dan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. Ular «hukm chiqa­
rish faqat Allohning qo‘lidadir», degan shior bilan qo‘shinni tark 
etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Ku­
fadagi «xuruj» (bo‘ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi 
chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura 


20
qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriy lar» deb ham 
ataganlar. Ular o‘zlarini «shurot» (jonlarini Alloh yo‘lida tikkan 
kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm 
Allohning qo‘lida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan.
Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb ar­Rosibiyni amir etib 
saylab, Ali (r.a.) va Muoviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xali­
fa Ali (r.a.)ni 660­yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldir­
gach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi 
Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga 
qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlati­
ga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, 
Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar hamda 
o‘lkalar ni egalladilar.
Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‘li­
ga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qot­
madi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib bor­
gan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.
Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:
– ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko‘ra 
xalifa Usmon (r.a.)ni Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) yo‘lidan yur­
magani uchun kofir deyishadi. Ali (r.a.), Muoviya, Abu Muso 
al­Ashhariy, Amr ibn al­Oslar muxolif guruhlarda qatnashgan­
lari uchun ular nazdida kofirlar;
– «zolim» podshohga qo‘lda qilich bilan qarshi chiqishni 
diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O‘z e’tiqodini yashirish tamoyi­
li (taqiya) rad etadilar. O‘zlari harbiy jihatdan zaif bo‘lsalar ham, 
qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo‘laveradi, deb 
hisobladilar;
– xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki 
arab bo‘lishligidan qat’i nazar, musulmonlar tomonidan saylani­
shi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulo­
la) ichida cheklanmagan;
– namoz, ro‘za, zakot va boshqa amallarni imonning bir 
bo‘lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarma­


21
guncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan 
olini shi uchun kifoya emas.
Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa «xorijiylar»dir. 
Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar 
bo‘lgan. Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytganlaridek, islom dini­
da 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri 
yo‘lda qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur’on oyatlari va 
hadislarda ham firqalarga bo‘linmaslikka buyuriladi. «Xorijiylar» 
o‘z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish taraf­
dori edi. Aynan xorijiylar o‘z qarashlari va faoliyatiga qo‘shilma­
ganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish 
haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‘llash orqa­
li hukmdorlarni jismonan yo‘q qilish amaliyotini boshlab ber­
gan edi. Bunday g‘oyalar kelib chiqishiga ko‘ra hokimiyat uchun 
kurashning zo‘ravonlikka asoslangan usullaridan bo‘lib, minglab 
kishilarning halok bo‘lishiga olib kelgan. 
Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofih ibn al­Az­
raqdir (vaf. 685­y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va 
beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan.
Azoriqa ta’limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar:
xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar;
– gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e’lon qilgan­
lar;
– azoriqalardan bo‘lmagan musulmonlar, ularning qari­
yalari, ayol va bolalari qonini to‘kishni (istiroda) halol deb hisob­
laganlar;
hayz ko‘rgan ayollarga ham namoz o‘qish va ro‘za tutishni 
farz deb hisoblaganlar;
– mayda o‘g‘rilik uchun ham qo‘lni butunlay yelkadan kesib 
tashlashni buyurganlar.
IX asr oxirida Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar ekstremis­
tik harakati ham islom arkonlarini tan olmagan holda, haj ama­
lini ham bid’at, butparastlik deb e’lon qilgan edi. Harakat o‘z 
nomini uning asoschisi Hamdon ibn al­Ashhasning laqabi «qar­


22
mat» so‘zidan olgan bo‘lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha 
«kalta oyoq» yoki «qizil ko‘z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Qar­
matiylar islom tarixida o‘chmas dog‘ qoldirgan jinoyatlarni so­
dir etgan. Ular haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib, 
bosqinchilik bilan shug‘ullangan. Xususan, 930­yilda ular Mak­
kaga bostirib kirib, shaharni talon­taroj qilganlar, bir necha ming 
hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani 
vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketgan­
lar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qayta­
rib berilgan. 
XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish 
ko‘rgan «hashshoshiylar» (arab: hashish (nasha) chekuvchilar, gi­
yohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadi­
da ularga xayrixoh bo‘lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish 
amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko‘plab 
hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mam­
lakatlari rahbarlari o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga 
to‘lov to‘lashga majbur bo‘lgan. Ingliz tilidagi suiqasd ma’nosi­
ni anglatuvchi «assassinate» so‘zi ham aynan «hashshoshiy» ata­
masidan kelib chiqqani oqimning o‘z davrida davlatlar xavfsizli­
giga katta tahdid tug‘dirganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, 
«hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng 
qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand modda­
larni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishon­
tirgan. 
Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida chek­
siz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chi­
qib, katta talafotlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz 
tu tishiga sabab bo‘lgan. Buzg‘unchilik va zo‘ravonlikka asos­
langan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliya­
ti o‘z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar to­
monidan ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, 
Umaviy va Abbosiy xalifalar xorijiylarni butunlay qirib tashlash 
siyosatini olib borgan edilar. Islomning mohiyatiga butunlay zid 


23
bo‘lgan bunday oqimlarning barchasi oxir oqibatda tanazzulga 
duchor bo‘lgan. 
Shunday bo‘lsa­da, yuqorida qayd etilgan oqimlarning g‘oya­
lari va amaliyot shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topganini 
aytish joiz. Xususan, VII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, 
to XVIII asrning oxiriga qadar islom olamida davom etib kelgan 
diniy­ekstremistik harakatlar inqirozga uchragan bo‘lsa ham, 
oradan oz muddat o‘tib, ular tomonidan talqin qilingan g‘o­
yalar zamonaviy ko‘rinishdagi turli mutaassib guruhlar yetak­
chilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu bilan diniy­
ekstremis tik harakatlar rivojining yangi davri boshlandi deyish 
mumkin. 
Shunday bo‘lsa­da, islomning asl mohiyatiga butunlay zid 
bo‘lgan yuqoridagi g‘oyalar va amaliyot shakllari keyingi davrlar­
da ham rivoj topdi. Islomda «inqilobiy kurash» ta’limotini yarat­
gan suriyalik Ahmad ibn Taymiya (1263–1328)ning fikrlari ke­
yinchalik «soxta salafiylik» kabi turli radikal harakatlarning 
yuzaga kelishiga xizmat qildi. 
Aslida islomda «salaf» (arab: «ajdodlar», «avval yashab 
o‘tganlar») deganda, hadislarga ko‘ra, Muhammad payg‘am­
bar (a.s.) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yasha­
gan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk 
musulmonlarni «salafi solih», ya’ni «solih ajdodlar» deb yak­
dil hisoblashadi. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musul­
monlarga nisbatan «salaf» yoki «salafiy»lar tushunchalari as­
lo ishlatilmaydi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin